Yoqubjon Xo'jamberdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yoqubjon Xoʻjamberdiyev— 1947-yil 15-martda Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati (hozirgi Jalolobod viloyati) Suzoq qishlogʻida tugʻilgan. Toshkent davlat universitetini[1] bitirgan. Ilk kitobi 1981-yili „Zarurat“ nomi bilan chop etilgan. Shundan soʻng uning „Oy toʻlgan tunlar“ nomli sheʼriy, „Uyda tinchi boʻlsin yigitning“, „Oʻzbeklar ishi“ publitsistik maqolalar toʻplamlari chop etilgan. Yozuvchining „Oyning yorugʻ kunlari“, „Qaldirgʻochlar bahorda keladi“, „Sogʻuniy sogʻinchi“ kabi qissalari va „Suzoqnoma“ tarixiy-badiiy asari mavjud. U, shuningdek, hammualliflikda 1998-yilda taniqli yozuvchi Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonov qalamiga mansub „Choʻqqida qolgan ovchining ohi-zori“ asarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Ijodkorning oʻzbek matbuoti va jurnalistikasiga katta mehnati singgan. U „Qishloq haqiqati“, „Oʻzbekiston madaniyati“, "Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati", „Yoshlik“, „Saodat“, „Vatan“ kabi gazeta va jurnallarda faoliyat olib borgan. Uzoq yillar „Assalom, Oʻzbekiston“ koʻrsatuvida bosh muharrir sifatida xizmat qilgan.Yoqubjon Xoʻjamberdiyev 2022-yil 28-fevralda vafot qilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]