Yodgor valloma madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yodgor valloma madrasasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi madrasa

Yodgor valloma madrasasi — Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumani markazida joylashgan meʼmoriy yodgorlik. Inshoot taxminan 1625-yilda bunyod etilgan.

Nomlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasa mahalliy bek nomi bilan atalgan, sababi madrasa qurilishi uning mablagʻi hisobiga amalga oshirilgan.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasa bosh tarxining asosiy qismi va yon devorlaridan biri saqlangan. Maqbaranining janubi-sharqiy qismida Yodgor Vallomaning sagʻanasi joy olgan. Yodgor valloma madrasasi tashqi burchaklariga burj guldasta naqshlari ishlangan. Maqbara va masjid gumbaz tomli, miyonsaroy yassi gumbaz tomli, devori sirkor gʻisht bilan bezatilgan. Guldasta bezagidagi oq, zangori sirkor gʻishtchalar yaxshi saqlangan[1].

Buxoro amirligi tarkibida boʻlgan Yakkabogʻ bekligi ark qal’a ichida muhtasham Yodgor Vallamiy madrasasi bunyod etilgan. Bu madrasa Yakkabogʻ bekligi beklarbegi Yodgor Vallamiy tomonidan qurdirilgan boʻlib, Eski Yakkabogʻ shaharchasi hududida joylashgan .Madrasa peshtoqidagi yozuvlar uning hijriy 1238 yilda qurilgan haqida maʼlumot beradi. Ushbu sanani milodiy taqvimga oʻgirsak 1817 yilga toʻgʻri keladi. Madrasaning devorlari naqshinkor bezaklari bilan ziynatlagan. Yakkabogʻ bekligining qachon tashkil topgani ,Shahrisabz bekligidan qachon ajralib chiqqanligi haqidagi aniq maʼlumotlar yoʻq. Ammo Yakkabogʻ bekligi qal’a qoʻrgʻoni ichida qurilgan Shayx Yodgor Vallamiy madrasasi peshtoqidagi yozuv bu imorat XIX asrning birinchi yarmida qurilganini bildiradi. Demak qal’a qoʻrgʻoning bunyod etilish tarixi yaʼni Yakkabogʻ bekligining tashkil topishi undan oldinroq davrga borib taqaladi. Madrasa peshtoqidagi forscha yozuvni sharqshunos Sh. Tilovov shunday tarjima qiladi : "Bu Somon namoyondalarining baland ravoqiy toqilaridandir. Va toza suv va keng havoli joyida koʻrkam qilib qurildi. Buning kabi imoratlar buxorolik maliklarning hammasida boʻlmagan… Alloh taoloning baxtila va fazlila bunyodga keldi. Tamomi ixlos birla buni „Yodgorning imorati“ dedi". L.Yu . Mankovskaya „ Qashqadaryoning meʼmoriy obidalari“ kitobida bu madrasa 3 qavatli boʻlib , Oʻrta Osiyoda tengi yoʻq binolardan biri edi ", — deb taʼkidlaydi . Bu inshootning beklik tarixidagi òrni yetarli darajada tarĝib qilinmagan. Madrasa beklikdagi eng yirik taʼlim muassasasi bòlgan.1799-1842 yillarda Yakkaboĝ bekligining avaqlilardan bòlgan, uzoqni kòruvchi siyosatdon beki tomonidan bunyod etikgan. Amir Shohmurod, Amir Haydar, Amir Husayn, Amir Umar, Amir Nasrullolar hukmronligi davri Yakkaboĝ bekligini boshqargan bu bek maʼrifatparvar bòlgan. Buxoro markaziy hukumati bilan aloqasi yaxshi bòlgan, madrasaga poytaxtdan mudarris ham olib keltirib, darslarni tashkil qilishda alohida xizmati bor. Muhammad Olim Nasafiyning aytishicha, Amir Nasrullo Shahrisabz bekligini egallagach, Yakkabog beki Yodgor Vallamiyni huzuriga taklif qilib, u bilan suhbatlashgan va oqil, dono, dindor bòlgan bu bekni òz òrniga qayta tasdiqlagan.[manba kerak]

Madrasa taxminan 1820-1823 yillarda qurilgan. Uning kirish peshtoqlari va hujralar Buxoroning oliy madrasalari namunasida qurilgan. Madrasa ikki qavat, birinchi qavatda 23 ta, ikkinchi qavatda 22 ta, umumiy 45 ta hujradan iborat bòlgan. Bu butun amirlik hududidagi uncha kichik bòlmagan madrasa edi.[manba kerak]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Yodgor valloma madrasasi" OʻzME. Yo-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil