Yevropa janubiy rasadxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
La-Silya rasadxonasi
Very Large Telescope

Yevropa janubiy rasadxonasi (YeJR) — Yevropa xalqaro astronomiya i. t. tashkiloti. 1962-yilda 8 davlat — Belgiya, Daniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Gollandiya, Shvesiya va Shveysariya hamkorlikda tashkil etgan. Qarorgohi Germaniyaning Garshing shahrida joylashgan. Zamonaviy teleskoplarni oʻrnatish uchun dunyo boʻylab astroiklimni oʻrganish natijasida Chilidagi La Silla togʻida (2440 m) joy topilib, u erga YeJR teleskoplari oʻrnatilgan. La Sillaga oʻrnatilgan eng zamonaviy 14 ta teleskop ichida koʻzgusining diametri 3, 6 m boʻlgan teleskop ham bor. Bu erdagi koʻpgina teleskoplar kosmik yoʻldosh aloqasi orqali Germaniyadan turib boshqariladi. Izlanishlar natijasida Chilida yana bir joy Paranal togida (2660 m) topildi. Bu erga 1990-yildan boshlab koʻzgusining diametri 8,2 m boʻlgan 4 ta teleskop oʻrnatilayapti. Loyihaga muvofiq bu teleskoplarda toʻplangan yorugʻlik bir nuqtaga yigʻiladi, oʻshanda bu sistema yorugʻlik kuchi jihatdan 16 m diametrli koʻzguning kuchini, ajrata olish qobiliyati boʻyicha esa 200 mli teleskop kuchini beradi[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil