Yevdoks Knidlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yevdoks Knidlik (Biyoxok Ktyyuz) (taxm. mil. av. 408—355 yillar) — yunon matematigi va astronomi. Mil. av. taxminan 380-yil Misrga sayohat qilib, u yerda astronomiya va matematika boʻyicha maʼlumotlar toʻpladi. Ona yurti Knid shahrida matematiklar va astronomlar maktabini tashkil qildi, rasadxona qurdi, sayyoralar harakatining matematik nazariyasini ishlab chiqishga urindi. Nisbatlar nazariyasini va unga asoslangan oltin kesim qoidasini hamda qamrash usuli deb atalgan usulni yaratdi. Shu usul yordamida piramida hajmi u bilan bir xil asos va balandlikka ega boʻlgan prizma hajmining uchdan biriga teng, degan teoremani isbot qildi. Yevdoks asarlari bizgacha etib kelmagan[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir]