Yer osti inshootlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yer osti inshootlari - yer qatlamida sunʼiy usul bilan hosil qilinadigan inshootlar. Iqlim sharoitlari qulay boʻlmagan (havo temperaturasi keskin oʻzgarib turadigan, yogʻingarchilik uzok, vaqt davom etadigan, sel koʻp boʻladigan va b.) joylarga, past-baland relyefli yerlarga Ye. o. i. quriladi. Shartli ravishda transport va gidrotexnik tunnellari, metropoliten, elektr st-yalar, baza omborlari hamda sovitkichlar, shahar xoʻjaligi obʼyektlari (yoʻlovchilar oʻtish joylari, garajlar, kollektorlar va b.), ichimlik suvi rezervu-arlari, neft va gaz omborlari, zararli i.ch. chiqindilari koʻmiladigan oʻralar, davolash muassasalari, harbiy obʼyektlar uchun quriladigan inshootlar Ye. o. i. jumlasiga kiradi. Ye. o. i. qurilishi ayniqsa kon sanoatida ancha rivojlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil