Yapaloqqushlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yapaloqqushlar — tungi yirtqich qushlar turkumi. Kunduzgi yirtqich qushlar bilan konvergent oʻxshash, lekin ulardan jigʻildonining boʻlmasligi va uzun koʻrichak oʻsimtasining rivojlanganligi bilan farq qiladi (mitti boyoʻgʻli) 84 sm gacha (soqolli yapaloqqush), erkaklari urgʻochilariga nisbatan yirikroq. Pat qoplami qalin va yumshoq, aksariyat hollarda himoya rangida. Boshi katta, patlari tanasining oldingi qismida yuz diskini hosil "qiladi (nomi shundan). Koʻzlari yirik, oldinga qaragan, umumiy koʻrish maydoni uncha katta emas — 110°, binokulyar koʻrish maydoni — 60—70°, yaʼni boshqa qushlarga nisbatan katta. Koʻz gavhari harakatsiz. Koʻz umumiy koʻrish maydonining kichikligi evaziga boʻyni harakatchan boʻlib, boshini tez bura oladi. Barcha Ya. kunduzi va shomda yaxshi koʻradi, tim qorongʻida esa oʻljasini faqat uning tovushidan sezib tutib oladi. Tashqi eshitish chigʻanogʻi yirik va eshitish organini oʻrab turadigan suyaklar singari asimmetrik tuzilganidan har 2 quloqning tovushni qabul qilishi oʻrtasida farq boʻlishi tovush manbaini aniq bilishga imkon beradi. Tumshugʻi ilmoqsimon, lekin quchli emas. Oʻljasini kuchli oʻtkir va yirik tirnokdi panjalari yordamida oʻdsiradi. Shovqinsiz uchadi. Odatda, tovush chiqarmaydi, faqat koʻpayish davrida hushtakka, gʻukgʻuklagan yoki qahqah urib kulganga oʻxshash ovoz chiqaradi. 2 oilasi (yapaloqqushlar, sipuxalar) va 133 turi bor. Antarktidadan tashqari hamma qitʼalarda tarqalgan. Oʻzbekistonda Ya. oilasiga mansub 11 tur, jumladan, boyoʻgʻli, oddiy ukki, quloqdor yapaloqqush uchraydi. Ya. — monogam. Uyasini, odatda, daraxtlar kovagi yoki yoriqlariga, ayrim turlari yerga yoki daraxtlar shoxidagi boshqa yirik qushlar qurgan uyalarga quradi. Yirik Ya. 1—2 ta, mayda Ya. 10—12 ta tuxum qoʻyib, urgʻochisi birinchi tuxum paydo boʻlishi bilan uni bosadi. Shuning uchun bir uyadagi qush bolalari har xil kattalikda boʻladi. Tuxumdan chiqqan bolalari oq momiq par bilan qoplangan, koʻzi yumuq boʻladi. Bolalarini urgʻochisi va erkagi birgalikda boqadi. Uyadagi bolalar soni oziq boʻladigan hayvonlarning koʻp boʻl ish iga bogʻliq. 4 turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.