Yangi Athos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yangi Athos yoki Axali Atoni (gruzincha: ახალი ათონი , Axali Atoni ; abxazcha: Афон Ҿыц , Afon Ch’yts ; ruscha: Новый Афон; Novy Afon, grekcha: Νέος Άθως,(Neos Athos)Abxaziyaning Gudauta tumanidagi shaharcha.Suxumidan Qora dengiz qirgʻogʻiga qadar 22 km ga yaqin hududni egallagan. Shahar ilgari Nikopo, Axeysos, Anakopiya, Nikopiya, Nikofiya, Nikopsis, Absara va Psirtsxa nomlari bilan tanilgan.

Yangi Athos gʻori Abxaziyaning sayyohlik hududlaridan biridir.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anakopiya qal’asi

Shahar chekkasida joylashgan Anakopiya qal’asida olib borilgan qazishma ishlari uning milodiy 5-12 asrlarda rivojlanganligini ko‘rsatdi[1],lekin baʼzi arxeologlar mudofaa qurilishini 7-asrga to‘g‘irlashdi. Anakopiya Prokopiustomonidan tilga olingan Traxeya qal’asi bilan bogʻliq[2]. Anakopiya Vizantiya imperiyasi hududidagi Abxaziya knyazligining, keyin esa arxon Leon II 8-asr oxirida oʻzini qirol deb eʼlon qilganidan keyin Abxaziya qirolligining poytaxti boʻlgan. Keyinchalik poytaxt Kutaisi shahriga koʻchirildi.

Anakopiya 1033-yilda Demetre tomonidan Vizantiya imperiyasiga berildi, lekin saljuqiylar qoʻlida imperiyaning Manzikertdagi magʻlubiyati natijasida qoʻlga kiritilgan boshqa hududlar qatorida 1072-yilda gruzinlar tomonidan qaytarib olingan.

Anʼanaga koʻra, Zelot Simon Abxaziyaga missionerlik safari bilan kelgan va Nikopsisda dafn etilgan. Uning jasadi qoldiqlari 14-15-asrlarda Anakopiyaga koʻchirilgan[3].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qora dengiz va Iveriya togʻi oraligʻida joylashgan,Yangi Athos Gudautadan 17 km uzoqlikda,Suxumidan 22 km va Vesyoloyedagi Rossiya chegaralaridan 84 km uzoqlikda joylashgan.

Maʼmuriyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vitaliy Smir 2001-yilning 10-mayida mart oyida bo‘lib o‘tgan mahalliy saylovlarda gʻolib boʻlib, qayta mer etib tayinlangan[4].

U 2003-yil 8-mayda Smir Qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlandi va Yangi Athos meri lavozimidan ozod qilindi[5]. 19-mayda Feliks Dautia uning oʻrniga hokimiyat tepasiga keldi[6].

Asosiy diqqatga sazovor joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Monastir[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangi Athosdagi Avliyo Simun Kanʼon cherkovi (VI-VIII asrlar.)
Psyrtskha temir yoʻl stantsiyasi
Yangi Athos gʻori

1874-yilda Athos togʻidagi Rossikon monastirining rus rohiblari cherkovni koʻchirish uchun joy topish maqsadida Kavkazga kelishdi. Ular boʻlishi kutilgan rus-turk urushi boshlanganidan keyin Usmonli imperiyasi ruslarni Athosdan siqib chiqarishidan qoʻrqishdi. Ular Psirtsxani tanladilar va u yerda 1880-yillarda Rossiya podshosi Aleksandr III tomonidan taqdim etilgan mablagʻlar evaziga Kanʼonlik Avliyo Simunga bagʻishlangan Neo-Vizantiya yaʼni Yangi Athos monastirini qurishgan. Oxir-oqibat, rus rohiblariga „eski“ Athosda qolishga ruxsat berildi va Yangi Athos monastirida kutilganidan koʻra kamroq odam qolishdi.

1924-yilda, Sovet Ittifoqining dinga qarshi taʼqibi paytida, monastir yopildi. Keyinchalik u omborxona, turistik baza, shifoxona va muzey sifatida ishlatilgan. Uning pravoslav cherkoviga qaytishi 1994-yilda, urush tugaganidan keyin boshlangan.

Yangi Athos monastirining dengiz boʻyidagi goʻzal manzarasi uni Abxaziyaga tashrif buyuradigan rus sayyohlari orasida mashhur joyga aylantirdi. 9-10-asrlarga oid va 1880-yillarda qayta qurilgan kanʼonlik Avliyo Simunning eski cherkovi shahar yaqinida, Psirtsxa oqimida joylashgan.

Qardosh shaharlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangi Athos bilan qoʻshni shaharlar:

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Athos togʻi

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Амичба, Г. А.. Новый Афон и его окрестности. Сухуми: Алашара, 1988 — 4 bet. 
  2. David, Braund. Georgia in Antiquity. A History of Colchis and Transcaucasian Iberia 550 BC AD 562. Calendon Press, 1994 — 301 bet. ISBN 0198144733. 
  3. McDowell, Sean. The Fate of the Apostles: Examining the Martyrdom Accounts of the Closest Followers of Jesus. Routledge, 2016 — 247 bet. ISBN 9781317031895. 
  4. „Выпуск № 92“. Apsnypress (2001-yil 10-may). Qaraldi: 2016-yil 24-aprel.
  5. „ru:Выпуск № 088“ (ru). Apsnypress (2003-yil 8-may). Qaraldi: 2011-yil 18-aprel.
  6. „Выпуск № 095“. Apsnypress (2003-yil 19-may). Qaraldi: 2012-yil 27-yanvar.