Xermeslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xermeslar (Adelgidae) -teng qanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Qanotli va qanotsiz turlari bor. Shimoliy yarim sharning moʻʼtadil mintaqasidagi ignabargli daraxtlarda uchraydi. 40 turi mavjud. X. hayot siklida jinsiy urugʻlanish bilan birga partenogenez koʻpayish ham sodir boʻlib turadi. Ikki uyli X. (mas, yashil X.) qora qaragʻay (birlamchi xoʻjayin)da kichkina gʻuddalarga oʻxshash boʻrtmalar hosil qiladi; boshqa ignabarglilar (ikkilamchi xoʻjayin)da otalangach urgʻochi X. qishlovchi tuxumlar qoʻyadi. Bir uyli X. (mas, sariq X.) oʻrmon va xiyobonlardagi daraxtlarni zararlaydi.