Xarkov universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xarkov universiteti - Ukrainadagi qad. universitetlardan biri. 1805 y. rossiyalik maʼrifatparvar, olim V.N. Karazin tashabbusi bilan tashkil etilgan. Fizika, mat., biol., iqtisodiyot, geol., mashinasozlik, geogr., priborsozlik, tarix, filol. va b. ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasida 3 mln.dan ortiq asar saklanadi. 8 mingga yaqin talaba taʼlim oladi.