Xariuslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xariuslar (Thymallidae) - losossimon baliqlar turkumining oilasi. Uzunligi 25—30 sm vazni 500 g, baʼzan undan ortiqroq. Tanasi qalin tangachalar bilan qoplangan. Orqa suzgichi uzun, koʻpincha chiroyli rangli. Yon chiziqlari, jagʻlari rivojlangan. Yevropa, Shimoliy Osiyo va Shimoliy Amerika daryolarida yashaydi. 1 urugʻi 6 turi maʼlum. Oʻrta Osiyo daryolarida uchramaydi. Odatda, tubi shagal toshli daryolarda tarqalgan. Hasharotlar va ular lichinkasi, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, mayda balikdar bilan oziqlanadi. 3— 4 yilda voyaga yetadi. May — iyunda shagʻal toshli suv tubiga 3—36 ming uvildiriq tashlaydi. X. mahalliy aholi tomonidan va sport maqsadida ovlanadi.