Xaritagrafik tadqiqot usuli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xaritagrafik tadqiqot usuli — voqea-hodisalarni bilish, ilmiy tahlil qilish va oldindan aytib berish uchun tayyor geografik xaritalarsem foydalanish usuli. Xaritagrafik tadqiqot usuliu. quyidagilardan iborat: 1) xaritalarga qarab voqeahodisalarning joylashishi, aloqalari va dinamikasini bevosita koʻz bilan aniqlab tahlil qilish; 2) grafik tahlil — xaritalar asosida profillar va kesmalar chizish, blok diagrammalar, grafiklar va boshqa diagrammalar tuzish; 3) grafoanalitik ishlar — xaritada tasvirlangan obʼyektlarning koordinatalari, masofalari va balandligi, maydoni, hajmi, burchagi va boshqa xususiyatlarini xaritadan aniklash; 4) bir xil voqeahodisalar (havo temperaturasi, aholi zichligi, hosildorlik va boshqalar)ni xaritalarga qarab tadqiq etishda koʻllaniladigan matematikstatistik tahlil; 5) xaritadan olingan dastlabki maʼlumotlar asosida voqeahodisalarni matematikxaritagrafik modellashtirish. Bular koʻpincha birgalikda ishlatiladi.

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]