X.com

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
X.COM
Muassisi Elon Musk
Ochilgan sanasi noyabr1999 (24 yil avval) (1999-11)
URL x.com

X.com — 1999-yil noyabr oyida Elon Musk tomonidan asos solingan onlayn bank. 2000-yil mart oyida X.com, Silicon vodiysida joylashgan Confinity Inc. dasturiy taʼminot shirkati bilan birlashdi. Musk Confinity shirkatini oson toʻlov tizimi tufayli oʻziga jalb qildi. Keyinchalik birlashtirilgan ushbu shirkat oʻz nomini PayPal deb oʻzgartirdi. eBay shirkati 2002-yilda PayPalni $1.5 milliardga sotib oldi.[1] 2015-yil iyul oyida PayPal undan ajralib chiqdi hamda mustaqil kompaniyaga aylandi.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Doeden, Matt. SpaceX and Tesla Motors Engineer Elon Musk (en). Lerner Publications, 2015 — 13 bet. ISBN 9781467762809. 
  2. Sorkin, Michael J. de la Merced and Andrew Ross „EBay Does About-Face in Spinoff of PayPal Backed by Icahn“ (en). NYTimes (1412074814). Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]