Vsevolod Jukov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vsevolod Danilovich Jukov (1902-yilning 8-oktabrida Моskva shahrida tugʻilgan — 1962-yil 1-noyabrda Toshkentda vafot etgan) — Oʻzbekiston SSR Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti (hozirgi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti) arxeologiya sektori katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi, arxeolog.

Oʻzbekistonning qadimiy obidalarini oʻrganish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirgan sovet olimi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vsevolod Jukov 1902-yil 8-oktabrda Moskva shahrida tugʻilgan.

1928-yilda Oʻrta Osiyo davlat universitetining Sharq tili fakultetini tamomlagan.

V.D.Jukov SAGUni tugatgach, Oʻrta Osiyo muzeyi, Oʻzkomstaris, SSSR Fanlar Akademiyasi Oʻzbekiston boʻlimi Til, adabiyot va tarix instituti, Tarix muzeyi va OʻzSSR Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim sifatida faoliyat koʻrsatgan.

1946-yilda Jukov „Termiz hukmdorlari saroyi (1936-1937-yillardagi qazishma ishlariga koʻra)“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1948-1951-yillarda Oʻzbekiston SSR Fanlar Akademiyasi Samarqand arxeologik bazasiga rahbarlik qilgan.

1951-yildan Oʻzbekiston SSR Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya institutida katta ilmiy xodim boʻlgan [1].

Jukovning dala arxeologik faoliyati 1929-yilda boshlangan. U bir qator arxeologik guruhlarga rahbarlik qilgan. Buxoro, Samarqand, Termiz viloyatlarida qazishma ishlarini olib borgan.

SSSR Fanlar akademiyasining Tojik-Pomir ekspeditsiyasi, Janubiy Turkmaniston, Oʻzbek-Zarafshon va boshqa arxeologik ekspeditsiyalar ishida qatnashgan [1].

Jukov 25 dan ortiq nashrlarning muallifi hisoblanadi. Jumladan, „Кайрак с двуязычной надписью“ („Эпиграфика Востока“, 1956), „Материалы к изучению пригородов городища Варахши“, „Развалины ансамбля дворцовых зданий в пригороде средневекового Термеза“, „Дукентский клад монет XIII—начала XIV века[1]“ kabi noyob asarlar shular jumlasidandir.

1951-yil noyabr oyida Jukov „Shon-sharaf belgisi“ ordeni bilan taqdirlangan.

Taniqli arxeolog-olim Jukov uzoq vaqt davom etgan ogʻir xastalik sabab 1962-yilning 11-mayida vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Общественные науки в Узбекистане 1962, s. 67.