Vostok

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vostok — 1) Yer atrofidagi orbitada uchish uchun sobiq Ittifoqda yaratilgan bir kishilik kosmik kema (KK)larning nomi. "V."da 1961-yil 12 aprelda kosmonavt-uchuvchi Yuriy Gagarin dunyoda birinchi marta kosmosga parvoz qildi. KK Boyqonur kosmodromidan uchirildi. Yer atrofini bir marta aylanib, Yerga qoʻndirildi. Orbita perigeyi bal. 181 km, apogeyi bal. 327 km. "V." KKsi sfera shakldagi qoʻndiriladigan apparat (bu qism ayni vaqtda kosmonavt kabinasi ham hisoblanadi), bort apparatlari va tormozlaydigan harakat qurilmasi joylashtirilgan qismlardan iborat. KK oxirgi bosqichining uchiruvchi raketa bilan birga umumiy ogʻirligi 6,17 t, uz. 7,35 m, uchiruvchi raketasiz sof ogʻirligi 4,73 t, qoʻndiriladigan apparatning ogʻirligi 2,4 t va diametri 2,3 m. 1961 — 1963-yillarda 6 ta "V." 6 kosmonavtni kosmosga olib chikdi; 2) sobiq Ittifoqda KKlarni uchiradigan 3 pogʻonali eltuvchi raketa; uchala pogʻonada ham suyuq yonilgʻi ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil