Voltampermetr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Voltampermetr — oʻzgaruvchan va oʻzgarmas elektr zanjiridagi tok kuchi va kuchlanishni oʻlchaydigan asbob. Magnitoelektr, elektromagnit, elektrodinamik, toʻgʻrilagich, issiqlik va raqamli mikroelektron turlari bor. V.lar koʻchma va shchitlarga oʻrnatiladigan qilib ishlab chiqariladi. V. lab.larda, zavod sexlarida, kundalik turmush va dala sharoitlarida qoʻllaniladi. Keyingi vaqtlarda V.larning ancha ixcham va puxta ishlaydigan zamonaviy xillari ishlab chiqarilmoqda. Ularning asosini mikroelektron sxemalar tashkil etadi. V. tok kuchini amper (A), kuchlanishni volt (V)larda oʻlchaydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil