Vitaliy Goloskokov
Bu maqola ayni damda faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 13:42, 8-Fevral 2024 (UTC) (2 oy avval) da tahrir qilingan. |
Vitaliy Goloskokov | |
---|---|
Tavalludi |
30-mart 1913-yil Toshkent |
Vafoti |
27-dekabr 1998-yil Olmaota |
Fuqaroligi | SSSR Qozogʻiston |
Vitaliy Petrovich Goloskokov (1913–1998) – Sovet botaniki, Qozogʻiston flora va oʻsimliklari boʻyicha mutaxassis.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1913-yil 10-martda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tavallud yopgan. 1920-yildan beri Vitaliy Petrovichning oilasi Verniy shahrida (Olmaota) yashagan. Moskva rangli metallar va oltin institutida, 1933-yildan Sverdlovsk konchilik institutida tahsil olgan.
Vitaliy 1934-yilda kasallik tufayli yana Olmaotaga koʻchib oʻtdi va Qozogʻiston davlat universitetiga oʻqishga kirdi. 1939-yildan SSSR Fanlar akademiyasining Qozogʻiston boʻlimining botanika sektorida kichik ilmiy xodim boʻlib ishlagan. Goloskokov Ulugʻ Vatan urushi boshida frontda xizmat qilgan va ogʻir yaralangan.
Vitaliy Petrovich davolanganidan soʻng, 1942-yildan Fanlar akademiyasi filialida botanika tadqiqotlarini davom ettirdi va ekspeditsiyalar oʻtkazdi. 1947-yilda Nikolay Vasilyevich Pavlov rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
U „Flori Kazaxstana“ni (1956–1966) tuzishda qatnashgan va buning uchun 28 oila va jami 688 turdagi oʻsimliklarga qayta ishlov bergan. „Illyustrirovannogo opredelitelya rasteniy Kazaxstana“ning masʼul muharriri boʻlib ishlagan. 1957—1975-yillarda Qozogʻiston SSR Fanlar akademiyasi Botanika institutining flora boʻlimini boshqargan.
1984-yilda „Flora Djungarskogo Alatau“ monografiyasini nashr etdi.