Viktor Sokolov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Viktor Sokolov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 27-mart 1911-yil
Tavallud joyi Moskva, Rossiya imperiyasi
Vafot sanasi 1-yanvar 1999-yil(1999-01-01)
(87 yoshda)
Vafot joyi Moskva, Rossiya
Ampluasi himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1931—1932 Qizil atirgul (0)
1933—1935 Dinamo (Moskva) (0)
1936—1946 Spartak Moskva) (0)
1947 Dzerjinets (Chelyabinsk) (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Viktor Ivanovich Sokolov (1911-yil 27-mart, Moskva, Rossiya imperiyasi – 1999-yil 1-yanvar, Moskva, Rossiya) – sovet futbolchisi, murabbiy, himoyachi ampulasida harakat qilgan. SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi. Antverpendagi III yozgi ishchilar Olimpiya oʻyinlari chempioni (1937)[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viktor Sokolov 1911-yil 27-martda Moskvada tugʻilgan. U Kauchuk zavodi jamoalarida futbol bilan shugʻullanib, u yerda oddiy ishchi boʻlib ishlagan. 19 yoshida u „Qizil atirgul“ klubiga oʻtdi. U 22 yoshida Moskvaning „Dinamo“ jamoasidan tushgan taklifni qabul qiladi. Keyinchalik u poytaxtning boshqa klubi „Spartak“ safidada harakat qildi.

1937-yilda „Spartak“ tarkibida u Antverpendagi III yozgi ishchilar olimpiadasi, Parijdagi ishchilar oʻrtasidagi Jahon kubogi gʻolibi boʻldi. Viktor Sokolov Baskoniya terma jamoasi va Bolgariyaning bir nechta klublarida oʻynagan.

1943-yil 2-mayda jamoa sardori sifatida mashhur „Stalingrad stadionida“ Moskva Spartak jamoasini maydonga olib chiqdi.

U oʻz faoliyatini 36 yoshida Chelyabinskdagi „Dzerjinets“da tugatdi[2].

Shu bilan birga u chim ustida xokkey oʻynagan. 1952-yilda jamoa tarqatib yuborilgach, chim ustida xokkeydagi faoliyatini ham yakunlagan.

1950-yilda Davlat jismoniy tarbiya markazi qoshidagi murabbiylar maktabini tamomlagan[3]. U murabbiyligining dastlabki davrida asosan imkoniyat darajasi past boʻlgan jamoalar bilan ishlagan. 1955—1959-yillarda Moskvaning "Spartak" klubida murabbiy boʻlib ishlagan. 1967-yilda Oʻzbekiston SSRning „Doʻstlik“ futbol klubiga, 1968—1969-yillarda „Krivbass“ klubiga, 1969—1970-yillarda „Luch“ klubiga murabbiylik qilgan.

U 1999-yil 1-yanvarda vafot etdi va Vostryakovskiy qabristonining sportchilar qismiga dafn qilindi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viktor Sokolov chim ustida xokkey boʻyicha SSSR chempionatining ikki karra bronza medali sovrindori boʻlgan (1950, 1951).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „От "Каучука" до "Спартака" - Чемпионат“. www.championat.com. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „Виктор Соколов“. 2012-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-iyun.
  3. Oni budut peredovimi sovetskimi trenerami // Sovetskiy sport (gazeta). – 16 marta 1950, № 32. – s. 4.