Vikipediya munozarasi:Tanlangan maqola nima?

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoidani yangilash[manbasini tahrirlash]

Hammaga salom, hozirda „Tanlangan maqola“ maqomi uchun talablarimiz ancha joʻn. Yaxshi maqola nima? sahifasining talablari asosida Tanlangan maqola talablarini ham biroz aniqroq, tushunarliroq va mukammalroq qilish tarafdoriman. Quyida „Tanlangan maqola“ maqomi uchun yangi talablar taklif etilgan, ular bilan tanishib chiqqan holda fikr bildirsangiz shunga qarab ish tutar edik. Hurmat bilan, Jamshid Nurqul (munozara) 19:45, 25-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]

Aloqador mavzular

Vikipediyadagi maqolalar ichidan eng sifatli va keng qamrovlilariga tanlangan maqola maqomi beriladi. Lekin maqolalarning eng sifatli va keng qamrovlisi aniqlanishida quyidagi qoidalardan foydalaniladi. Ushbu qoidalar loyiha ishtirokchilari (foydalanuvchilar) tomonidan ishlab chiqilgan asosiy tamoyillar boʻlib, agar jiddiy sabablar boʻlmasa, ularga rioya qilish kerak. Inglizcha va/yoki boshqa Vikipediyalarda „Tanlangan maqola“ maqomini olgan maqolalar ayrim hollarda (asosan hajmidan kelib chiqib) oʻzbekcha Vikipediyada „Tanlangan maqola“ maqomini olmasligi mumkin, sababi oʻzbekcha Vikipediyada kichikroq hajmli sifatli maqolalar uchun alohida „Xushsifat maqola“ maqomi bor.

Ushbu qoidalar qabul qilinguniga qadar (2024-yilning aprel oyigacha) „Tanlangan maqola“ maqomini olgan va qoidalarning baʼzi bandlariga mos kelmaydigan maqolalar qoidalar qabul qilingach oʻz maqomidan ayrilishi koʻzda tutilmaydi yaʼni avvalgi oʻlchovlar bilan maqom olgan maqolalarni maqomidan ayirishda mazkur qoida roʻkach qilinmaydi.

Eng asosiy tamoyillar[manbasini tahrirlash]

  1. Yaxshi yozilgan — matn tuzilishi chiroyli, oʻqilishi qulay boʻlishi kerak, matnda gʻaliz jumlalar, xususan, avtomat tarjima elementlari boʻlmasligi kerak.
  2. Keng qamrovli — maqola mavzusi koʻp nuqtalardan, keng qamrovli yoritilgan boʻlishi kerak, mavzuga aloqador barcha kerakli faktlar, mavzu mazmunini ochib beradigan barcha maʼlumotlar matnga kiritilishi kerak.
  3. Ishonchli — maqoladagi iddaolar tegishli jiddiy manbalar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
  4. Betaraf — maqola hech bir nuqtai nazarni himoya qilmay, ularni faqatgina taʼriflab oʻtishi kerak (qarang: Betaraf nuqtai nazar).
  5. Sobit — maqola surunkali tahrir urushlariga sabab boʻlmasligi, hali toʻliq tugallanmagan joriy hodisalar haqida boʻlmasligi kerak. Vandalliklarni yoʻqotish va eskirgan maʼlumotlar yangilanishi bundan mustasno.

Majburiy talablar[manbasini tahrirlash]

  1. Maqola amaldagi Vikipediya qoidalari bilan qoʻyilgan barcha talablarga javob berishi kerak. Uning mazmuni neytral boʻlishi va original tadqiqot, ishonchsiz yoki tasdiqlanmaydigan maʼlumotlarni oʻz ichiga olmasligi kerak.
  2. Maqola matni original boʻlishi kerak, Vikipediya uchun yozilgan va boshqa joydan (kitoblar, davriy nashrlar, veb-saytlar) birga-bir koʻchirilmasligi kerak (nusxa olish muallif tomonidan yoki uning ruxsati bilan amalga oshirilgan hollar bundan mustasno).
  3. Asosiy mavzu yoritilishi kerak, maqola hajmini sunʼiy oshiruvchi, mavzudan tashqari gaplar boʻlmasligi kerak.
  4. Maqolada maqola mavzusini qisqacha ochib beradigan kirish qismi kamida 3 yoki 4 abzatsli boʻlishi kerak.
  5. Maqola toʻliq boʻlishi va tugallanmagan boʻlimlarni oʻz ichiga olmasligi kerak.
  6. Maqola toʻgʻri turkumlashtirilishi kerak.
  7. Agar boshqa til boʻlimlarida tegishli maqola mavjud boʻlsa, oʻzbekcha maqola Vikimaʼlumotlar orqali ularga ulgan boʻlishi kerak
  8. „Tanlangan maqola“ maqomiga nomzod qilib ko‘rsatilgan maqola nisbatan barqaror, konsensus varianti bo‘lishi, nomzod ko‘rsatish va muhokama qilish chog‘ida tahrirlash toʻqnashuvlari bo‘lmasligi, maqolani ko‘rsatish va muhokama qilish vaqtida tahrirlashdan himoyalanmasligi kerak. Majburiy vositachilikning qaysidir turi doirasiga kiruvchi maqola taqdim etilgan taqdirda, maqola taqdim etilishidan oldin vositachilardan biri uni taqdim etishning betarafligi talabiga muvofiqligini tahlil qilib berishi kerak.
  9. Maqola hajmi kamida 11 000 (oʻn bir ming) belgidan iborat boʻlishi kerak, andozalar, fayllar va jadvallar bilan birga taxminan 33 kilobaytni tashkil qilishi kerak. Ilmiy mavzuda mukammal yozilgan maqola, agar hajmi yuqorida koʻrsatilgan hajmdan oz boʻlsa ham, mukammal yozilganligi, har tomonlama yoritilganligi, maqolani toʻldirish uchun boshqa maʼlumot yoʻqligi asoslab berilgan taqdirda, istisno qilinadi.
  10. Maqola tekshirilishi kerak: unda imlo, tinish belgilari va grammatik xatolar boʻlmasligi kerak.
  11. Maqola matni vikilashtirilgan boʻlishi kerak, shu jumladan vikifikator cheklangan matn formatini qoʻlda tuzatish (boʻshliqsiz qavslar, qoʻshtirnoq va boshqalar) kerak.
  12. Nufuzli manbalariga havolalar bilan izohlar mavjudligiga ishonch hosil qiling. Izohda manbaning asosiy maʼlumotlari koʻrsatilishi kerak. Andozalar tavsiya etiladi, masalan, {{cite web}}. Har bir paragrafning oxirida Nufuzli manbalariga kamida bitta havola boʻlishi tavsiya etiladi, bu paragrafda aytilgan iddaolarni tasdiqlaydi. Agar bir nechta paragraflar bir xil manbaga tayansa, har bir xatboshining oxirida bir xil havola qoʻyiladi. Agar paragraf bir nechta manbalardan yozilgan boʻlsa, unda turli manbalardan olingan turli xil bayonotlar boʻlgani kabi, koʻplab izohlar boʻlishi kerak: agar A bayonoti a manbadan olingan boʻlsa, A bayonotidan keyin a manba boʻlishi kerak. B bayonoti b manbadan olingan boʻlsa, B bayonotidan keyin b manba boʻlishi kerak.
  13. Maqolaning mavzusi boʻyicha adabiyotlar roʻyxati boʻlishi maqsadga muvofiqdir Agar boʻlmasa, muhokama sahifasida sababni asoslash kerak.
  14. Bibliografiya va adabiyotlar dizayni birlashtirilgan boʻlishi kerak. Bunda, tegishli andozalardan foydalanish tavsiya etiladi.
  15. Bir yoki bir nechta rasmga ega boʻlishi maqsadga muvofiq, lekin shart emas. Barcha maqola tasvirlari aniq litsenziyaga ega boʻlishi kerak. Adolatli foydalanish tasvirlaridan foydalanish siyosatiga mos kelishi kerak. Galereyadagi barcha fayllar mustaqil ensiklopedik qiymatga ega boʻlishi va bir-birini takrorlamasligi kerak.
  16. Maqolada „Qiziqarli faktlar“ boʻlimi boʻlmasligi kerak, chunki tanlangan maqolada bunday faktlar asosiy matnga kiritilishi kerak.
  17. Sanʼat asarlari (kitoblar, filmlar) va kompyuter oʻyinlari haqidagi maqolalarda, syujet uchun manbalar, hech boʻlmaganda qoʻllab-quvvatlovchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan asarning boʻlimlari koʻrsatilgan boʻlishi maqsadga muvofiqdir. Biroq, asar birlamchi manba boʻlib, ikkinchi darajali manbalar mavjud boʻlganda tanqid va hokazo boʻlimlardan foydalanish tavsiya etiladi.
  18. Mualliflik huquqini aniq buzadigan manbalarga tashqi havolalardan foydalanish tavsiya etilmaydi.
  19. Yuqoridagi barcha talablarga javob beradigan maqola „Tanlangan maqola“ maqomiga chiqishi uchun kamida beshta administrator rozi ovoz berishi, birorta ham administrator qarshi ovoz bermasligi kerak.

Nomzodlikka qoʻyish tartibi[manbasini tahrirlash]

  1. Maqolani nomzodlar sahifasiga nomi andozaga kiritiladi. Masalan: {{Vikipediya:Tanlangan maqola nomzodlari/Maqola nomi}}
  2. Yaratish oynasi ochilgandan keyin quyidagi tartibda qo'yiladi:
===[[Maqola nomi]]===
Maqola ahamiyati nominator tomonidan qisqacha tushuntiriladi. ~~~~.

==== Rozilar ====
# {{Roziman}} -- Qisqa izoh. ~~~~.

==== Qarshilar ====
# {{Qarshiman}} --~~~~ -->

==== Betaraflar ====
<!-- # {{Betarafman}} -- Qisqa izoh. ~~~~. -->

==== Izohlar ====
Bu yerda baholovchi maqola nominatoriga savollar yoki takliflar beradi. ~~~~.

==== Xulosa ====
Administratorlardan biri berilgan ovozlar va takliflarni inobatga olib, xulosa beradi. Masalan, {{bajarildi}} yoki {{bajarilmadi}}. Qisqa izoh yoziladi. Ovoz berishda ishtirok etgan administrator xulosa chiqarishi mumkin emas.

Fikrlar[manbasini tahrirlash]

Soʻnggi yillarda statusli maqolalar uchun talablar qattiq boʻlib borayotgani ijobiy jarayon. Bu tajribali foydalanuvchilar soni ortib borayotgani bilan bogʻliq. Talablar muayyan qoidalarga asoslanishi muammoli vaziyatlarning oldi olinishiga xizmat qiladi deb oʻylayman. Shuningdek, maqolani nomzodlikka qoʻyish istagida boʻlgan nominatorni maqola ustida yanada koʻproq ishlashiga undaydi/turtki. Administratorlar bergan ovoz muhim ahamiyat kasb etar ekan, sunʼiy ovoz toʻplanishiga urinish kabi holatlar butunlay yoʻqoladi nazdimda. Sanab oʻtilgan jarayonlar mukammal maqola yaratilishi uchun tamal boʻlishiga ishonganim sababli  Roziman. Alpasli (munozara) 20:11, 26-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]

„Agar boshqa til boʻlimlarida tegishli maqolalar mavjud boʻlsa, maqola intervikilarni oʻz ichiga olishi kerak.“ — eskirgan formulirovka. Ilgari interviki maqola ichida boʻlardi, hozir barchasi Vikimaʼlumotlarda. „Agar boshqa til boʻlimlarida tegishli maqola mavjud boʻlsa, oʻzbekcha maqola Vikimaʼlumotlar orqali ularga ulgan boʻlishi kerak“, masalan. Nataev munozara 18:06, 27-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]

Oʻzgartirdim. Jamshid Nurqul (munozara) 18:13, 27-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]
Jamshid Tanlangan maqolaga kimlar ovoz bera oladi va ularni soni necha kishi boʻlishi kerak? Mana shu haqida ham bandlarni qoʻshishni iloji bormi?   Mirzoulugʻbek |@  18:20, 27-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]
Hamma foydalanuvchilar ovoz berishi mumkin, ovozlar soni ham cheklanmagan lekin majburiy talablarning 19-bandida yozilganidek eng kamida 5 admin ovozi boʻlsa yaxshi, bu haqda boshqa bir suhbatda ham eslab oʻtilgan edi. Agar 5 admin ovoz berishi talabi juda yuqori deyilsa, uni 3 admin ovozi deb oʻzgartirish ham mumkin. Bu talabdan kelib chiqsak, admin boʻlmagan foydalanuvchilar ovoz bermagan taqdirda ham, 5 ta admin ovozini olgan maqola status olaveradi. Bu talab hozirda ayrim vikiklublarda, talabalar jamoalarida kuzatilishi mumkin (muqarrar) boʻlgan kelishib ovoz berish usuliga qarshi chora sifatida kiritilgan. Chunki yaqinda WikiStipendiya III marafoni doirasida statusli maqolalar tanlovi ham start oladi (boshqa statuslarni ham oʻylab koʻrish kerak). Jamshid Nurqul (munozara) 18:33, 27-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]

Yana bir narsa: maqola hajmi (soʻz va bayt soni) boʻyicha muayyan talab qoʻyish notoʻgʻri. Masalan, enwikida „Length. It stays focused on the main topic without going into unnecessary detail and uses summary style where appropriate“, deyilgan. Bu toʻgʻri, chunki ayrim mavzularda toʻlaqonli maqola uzun boʻlmasligi mumkin. Masalan, Agaricus deserticola maqolasi moʻjazgina, ammo TM maqomiga ega, sababi bu qoʻziqorin haqida maqolaga kiritilgandan boshqa maʼlumot oz va kerak ham emas. Nataev munozara 19:01, 28-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]

Biz bunday maqolani xushsifat uchun qabul qilsak boʻlaveradi, inglizlarda bizdagi xushsifatning muqobili borligini bilmayman. Bizdagi xushsifat bilan Tanlanganning farqi qolmayapti hajm talabini kiritmasak. Ruslarda bizdagi XMning muqobili bor, shunga boʻlsa kerak, ularda TMga hajm talabi kiritilgan. Bizdagi yaxshi maqolada ham hajm talabi mavjud, tanlanganga ham hajm talabini qoʻysak xushsifatdan farqlanadi. Jamshid Nurqul (munozara) 19:18, 28-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]
Ilmiy mavzuda mukammal, ammo qisqa maqola yozilsa, TM olishga loyiq. Xushsifat ruwiki va uzwikida bor xolos. YM talablaridagi hajm talabi ham notoʻgʻri. Mavzu naqadar chuqur yoritilganidan kelib chiqib maqom berilishi kerak. Masalan, shahar haqida uzundan-uzoq maqola TMga loyiq boʻladi, ammo biologik turlar haqidagi maqola qisqa boʻlsa-da TM olishi mumkin. Nataev munozara 20:39, 29-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]
"Ilmiy mavzuda mukammal yozilgan maqola, agar hajmi yuqorida koʻrsatilgan hajmdan oz boʻlsa ham, mukammal yozilganligi, har tomonlama yoritilganligi, maqolani toʻldirish uchun boshqa maʼlumot yoʻqligi asoslab berilgan taqdirda, istisno qilinadi" - deb qoʻshib qoʻydim. Jamshid Nurqul (munozara) 16:16, 30-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]

Shuningdek, yuqoridagi talablar sirasiga maqolada andozalar xilma-xilligi va bilgiquti boʻlish majburiyligi xususida ham aytish kerak deb oʻylayman. Ovozlar soni bilan bogʻliq bandda esa foydalanuvchi tahrirlar soni va uning roʻyhatdan oʻtgan vaqti xususida ham toʻxtalib oʻtish kerak. Zero, bizda endigina rivojlanishni boshlayotgan Qoʻgʻirchoqbozlik siyosati ovoz berishga taʼsir koʻrsatmasligining oldini olgan maʼqul PanPanChik #yozish 07:29, 30-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]

Xulosa[manbasini tahrirlash]