Vasiliy Grigorov (general)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vasiliy Vasilyevich Grigorov
Asl ismi Василий Васильевич Григоров
Tavalludi 25-aprel, 1860-yil
Voronej viloyati
Vafoti 1911-yil, Samarqand
Unvoni General-leytenant
Lavozimi Samarqand gubernatori

Vasiliy Vasilyevich Grigorov(25-aprel, 1860-yil Voronej viloyati-16-oktyabr 1911-yil) - rus general-leytenanti, Orenburg qozoq okrugi boshligʻi, Samarqand viloyati gubernatori.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vasiliy Vasilyevich Grigorov 1860-yil 25-aprelda Rossiya imperiyasining Voronej viloyatida zodagon oilasida tugʻilgan. U boshlangʻich bilimlarni Voronej Mixaylovskaya nomidagi harbiy gimnaziyasida oldi, keyin esa Nikolayev nomli harbiy maktabga qabul qilindi.

1882-yilda Nikolayev nomidagi harbiy akademiyaga qabul qilindi va taʼlimini shu yerda davom ettirdi. 1884-yil Kiyev okrugi Bosh shtabiga masʼul lavozimga tayinlandi. 1888-yil 24-noyabrda Chuguyev nomidagi havo flotida oʻrgatuvchi, 1892-yil 27-iyulda esa 14-mahalliy qoʻmondonligi qoʻmondoni lavozimida ishladi. 1890-yil 1-aprelda podpolkovnik, 1902-yil 17-aprelda unga general-mayor, 1908-yil 13-aprelda esa general-leytenant unvoni berilgan. 1911-yil Samarqand viloyatiga harbiy gubernator etib tayinlanadi.

Vasiliy Grigorov 1911-yil 16-oktyabrda Samarqandda vafot etadi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1886-yilda 3-darajali Muqaddas Stanislav ordeni bilan mukofotlangan.
  • 1891-yilda 3-darajali Avliyo Anna ordeni bilan mukofotlangan.
  • 1898-yilda 2-darajali Avliyo Stanislav ordeni bilan taqdirlangan.
  • 1905-yilda 3-darajali Muqaddas Vladimir ordeni bilan mukofotlangan.