Uyqusizlik
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uyqusizlik (baʼzan insomnia ham deyiladi) tegishli sharoit boʻlishiga qaramay, uxlay olmaslik muammosi bilan xarakterlanuvchi kasallik simptomidir. Bu odatda holsizlanish, bosh ogʻriqlari va boshqa simptomlarni keltirib chiqaradi. Uyqusizlik atamasi uyquning mutlaqo yoʻqligini emas, balki uxlash qiyinligini anglatadi.
Uyqusizlik ayollarda erkaklardagidan 1,4 marta koʻp tarqalgan.[1]
Mundarija |
[tahrir] Tiplari
Uyqusizlikning koʻplab darajalari maʼlum boʻlsa-da, ularning orasidan quyidagilari ayniqsa ajratib koʻrsatiladi:
- Vaqtincha uyqusizlik, bir necha kun davom etadi.
- Qisqa muddatli uyqusizlik, uch haftadan olti oygacha muddatda davom etadi.
- Surunkali uyqusizlik, yillab davom etadi.
[tahrir] Sabab va natijalari
Vaqtincha uyqusizlik odatda shovqin, kuchli asablanish, uyqu tuzumi buzilishi, giyohvand yoki neyrotrop moddalar taʼsirida kelib chiqadi. Surunkali uyqusizlikka esa boshqa kasalliklar, bosh miya jarohati, parazitlar sabab boʻlishi mumkin. Baʼzan uyqusizlik nasldan naslga oʻtishi mumkin.
Uyqusizlik umumiy holsizlanish, diplopiya (bir narsani ikkitadek koʻrish), gallutsinatsiyalarni keltirib chiqarishi, kamdan-kam hollarda oʻlimga ham olib kelishi mumkin.
[tahrir] Davolash
Uyqusizlik bilan kasallangan bemorlarga uyqu dorilar tavsiya etiladi (shifokor retsepti shart). Bundan tashqari gipnoz, kognitiv psixoterapiya bilan ham davolash mumkin. Sogʻlom odamlardagi vaqtincha uyqusizlikni asal va sut aralashtirib ichish, issiq vanna qabul qilish bilan yengsa boʻladi.
Uyqusizlik boshqa kasalliklar tufayli kelib chiqishi mumkin boʻlgani uchun albatta tibbiy muassasalarga murojaat etish zarur.