Usunlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Usunlar - Markaziy va Oʻrta Osiyodagi koʻchmanchi qabilalar. U. xitoy manbalariga kura, mil. av. 3-asrda yueyjilar bilan birga Dunxuan (Doʻngxuang) bilan Tangritogʻning sharqi, Qorongʻu togʻ (Kunlun)ning shimolidagi Chilan togʻi orasidagi kichik bir davlat aholisi boʻlgan. Mil. av. 177 yil ular yueyjilarning tazyiqi natijasida sharqqa siljib, xunlar orasiga (hozirgi Gansu oʻlkasining shim.sharqidagi Ersin yaylovi) borib joylashgan. U. gunmosi (kunbeyi, xoni) Nandubey oʻldirilgan. Mil. av. 160 yil uning oʻgʻli LiyeJiaobek hunlar yordamida yueyjilarni magʻlub etib, ularning hududini egallab gʻarbga siljiganlar. Yettisuvda ular kuchli davlat tashkil etgan. Uning markazi xitoy manbalarida Ili daryosining janubidagi Chigu (Qirgʻizistondagi qad. Kizil koʻrgʻon sh.) deb yuritilgan. Mil. av. 3-asrda Usun xonligi Fargʻonaning shim.da, Kangqiya (Kangyuy, Kangʻ) ning gʻarbida bulib, uning hududiga Issiqkoʻlning shim., Balxash koʻlining janubidagi yerlar kirgan. U.ning bir kismi kuchmasdan uz yurtlarida qolgan. Arxeologik maʼlumotlarga kura, 5-asrda U. yueyjilar bilan birga Xesi yulagida yashashgan. U.ning Xitoy bilan ittifoq bulib hunlarga qarshi uzoq muddat kurashi ularning parchalanishiga olib kelgan. Natijada Usun xonligi avar (jujan)lardan yengilib, mil. 404—410 ylarda Pomir togʻlari atrofiga borib joylashgan. 420—854 yillarda Usun xonligi aholisi 630 ming kishini tashkil qilgan. 938 yil mazkur xonlik qoraxitoylar xoniga bojxiroj toʻlaganligi haqida xitoy manbalarida maʼlumot berilgan.

U. chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanishgan, ularning davlat tuzilishi, urfodatlari hunlar bilan uxshash bulgan.

Turkiy xalqlar, jumladan, uzbek, qozoq, qirgʻizlar tarkibiga kirgan uyshun qabilasi U. bilan aynan bir deb taxmin etiladi.