Impuls

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Impuls (lot. impulsus — zarba, turt-ki) — 1) mexanikada — mexanik harakat oʻlchovi; moddiy nuqta deb hisoblanishi mumkin boʻlgan jism massasi t ni uning harakat tezligi v ga koʻpaytmasiga teng boʻlgan kattalik: R= mv. Har qanday qattiq jismni N ta moddiy nuqtadan iborat deb qaraladi. Qattiq jismning I.i uni tashkil etuvchi moddiy nuqtalar I.larining vektor yigʻindisiga teng . Tashqaridan Gʻkuch taʼsir etayotganida jism I. i ham son qiymati boʻyicha, ham yoʻnalishi boʻyicha oʻzgarishi mumkin. 2) Toʻlqin I. — elektromagnit toʻlqinlari ham I.ga ega ekanligi, mas, yorugʻlik nurlarining toʻsiqqa bosim koʻrsatishi orqali namoyon boʻladi. Yorugʻlik zarrasi — fotonning tinchlikdagi massasi ty boʻlmaydi, yaʼni u tinch holatda mavjud boʻla olmaydi, paydo boʻlgan ondayoq tezlik s bilan harakatlana boshlaydi. 3) Kuch I.i — kuchning biror vakt ichidagi taʼsir oʻlchami; kuchning oʻrtacha qiymati Gʻ.r ni shu kuch taʼsir etgan vaqt t ga koʻpaytmasiga teng . 4) Elektr I.i — tok kuchi yoki kuchlanishining qisqa vaqtli oʻzgarishi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil