Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi - Turkiston oʻlkashunoslari tomonidan tuzilgan ilmiyjamoatchilik tashkiloti. 1895-yil Toshkent shahrida tashkil etilgan. Asosiy vazifasi oʻlkadagi qad. yodgorliyutar, sharq qoʻlyozmalari, numizmatika va etn.ga oid materiallarni qayd qilish va hisobga olishdan iborat boʻlgan. Toʻgarak aʼzolari, shuningdek, qad. shahar xarobalarini tekshirib, dastlabki arxeologik qazish ishlarini olib borganlar. Turkiston oʻlkasining tarixi va maʼmuriy tuzumi boʻyicha oʻrta asr sharq qoʻlyozma manbalari, xalq afsonalari, maqollari, matallari, urfodat, folklorga oid materiallarni toʻplagan. Shu bilan birga toʻgarak aʼzolari xalqimizning nodir qoʻlyozma va madaniyat boyliklarini Rossiyaga joʻnatishga ham koʻmaklashganlar. V. V. Bartold toʻgarak asoschilaridan boʻlib, uning faollaridan hisoblangan. Toʻgarak aʼzolari qatorida, shuningdek, M.S.Andreyev, A.A.Divayev, N.S.Likoshin, N.G.Mallitskiy, N.P.Ostroumov, A.A. Semyonov va boshqa bor. Toʻgarak 1917-yil tarqalib ketgan.