Turgʻunoy Egamberdiyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turgʻunoy Ahmadjonovna Egamberdiyeva
Tavalludi 1-avgust 1942-yil (1942-08-01) (81 yosh)
Margʻilon, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi pedagog
Sohasi tarix, pedagogika
Taʼlimi Fargʻona pedagogika instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Turgʻunoy Ahmadjonovna Egamberdiyeva (1942-yil 1-avgust, Marg`ilon, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori, professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turgʻunoy Egamberdiyeva 1942-yil 1-avgust Margʻilon shahrida tugʻilgan. 1963—1967-yillarda Fargʻona pedagogika institutining pedagogika va boshlangʻich taʼlim metodikasi fakultetida, 1970—1972-yillarda Moskva shahridagi oliy partiya maktabi „Xalqaro munosabatlar“ fakultetida tahsil olgan. 1963—1970-yillarda Marg‘ilon shahar va Farg‘ona viloyatining komsomol qo‘mitasining kotibi, 1972—1990 yillarda Marg‘ilon shahar partiya qo‘mitasining kotibi, Farg‘ona viloyati ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, viloyat partiya qo‘mitasining kotibi, viloyat xotin-qizlar kengashi raisi, Farg‘ona viloyatlararo partiya-sovet xodimlari malakasini oshirish instituti direktori[1], 1990—1992-yillarda Fargʻona davlat pedagogika instituti pedagogika va boshlangʻich taʼlim fakulteti dekani, 1992—1997-yillarda Fargʻona davlat universitetining tarbiyaviy ishlar (1996-yildan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar) boʻyicha birinchi prorektori, 1997—2007-yillarda jahon tarixi kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib borgan. 2007-yildan Oʻzbekiston tarixi kafedrasi professori[2].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turgʻunoy Egamberdiyeva 1988-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi qishloqlarining madaniy rivojlanish muammolari“ (1970—1980-yillar) mavzusidagi nomzdolik ishini yoqlab, tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2006-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi maʼnaviy hayotida ayollar faolligini oshirishning ijtimoiy-pedagogik asoslari“ mavzusidagi doktorlik dissertasiyasini himoya qiladi[2].

Unvon va mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:OʻTOE