Tukanlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tukanlar (Rhamphastidae) — qizilishtonsimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. 37 turni birlashtirgan 5 urugʻi bor. Eng katta vakili — katta tukan uz. 60 sm cha; tumshugʻi —15—17 sm. Patlari turli rangda va juda chiroyli. Monogam qush. 1 — 4 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini nari va modasi navbat bilan bosadi. Bolalari 6— 8 haftada uchirma boʻladi. Markaziy va Janubiy Amerikadagi tropik oʻrmonlarda yashaydi. T., asosan, mevalar, qisman umurtqasiz hayvonlar, mayda sudralib yuruvchilar, qushlar tuxumi hamda bolasi va boshqa bilan oziqlanadi.