Chastota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chastota — 1) fizikada — davriy tebranishning mikdoriy ifodasi; tebranish sikllari sonining u oʻtadigan vaktga nisbati. Ch. v (texnikada f) tebranish davri T ga teskari kattalik. 2) eqtimollar nazariyasida — biror hodisaning roʻy berishi sonining tajribalar umumiy soniga nisbati. Agar hodisaning tajribada alohida roʻy berishi ehtimoliga teng boʻlsa, yetarlicha kattalar uchun har qanday kichik boʻlganda ushbu tengsizlikni qanoatlantiradi. Bu xulosa katta sonlar qonunidan kelib chiqadi. Ch. tushunchasi ehtimollikning statistik taʼrifi uchun asos boʻladi; 3) kino texnikasida — kinoga olish yoki kino qoʻyishda yoki televizor ekranida kadrlarning almashinish davriyligi yoki tezligi. Standart tezlik sifatida 1 sekundda 24 kadr almashinishi qabul qilingan (baʼzan 8 va 16 mm li kinolentalar ishlatilganda 1 sekundda 16 kadr almashinadigan tezlik qabul qilinadi). Televizor ekranida kadrlar almashinishi standart boʻyicha 25 Gs ga teng .