Tovoqsoy zilzilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tovoqsoy zilzilasi - Tovoqsoy qishlogʻi yaqinida 1977-yil 6 dekabrda sodir boʻlgan. Zilzilaning oʻchogʻi PiskomToshkent seysmogen zonasida 15 km chuqurlikda joylashgan, kuchi 7 ball, magnitudasi 5,1. Seysmik toʻlqinlar Chirchiq, Gʻazalkentda — 7, Chorvokda — 5, Toshkentda — 6, Yangiyoʻlda — 4, Ohangaronda 3—4 ballga yetgan. Tovoqsoy, Ozodbosh, Iskandar va boshqa joylarda bir qancha imoratlar shikastlangan. Yer ustida tarqalgan epitsentral zonaning yoʻnalishi QorjontovToshkent yer yorigʻi boʻyicha shim.sharqdan jan.gʻarbga choʻzilgan. 3 balli zilzila maydoni 65700 km² ni tashkil qilgan.