Tolyatti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Tolyatti
rus. Тольятти
Bayroq Gerb
Bayroq Gerb
Mamlakat Rossiya
Viloyat Samara viloyati
Koordinatalari 53°31′N 49°25′E / 53.517°N 49.417°E / 53.517; 49.417Koordinatalari: 53°31′N 49°25′E / 53.517°N 49.417°E / 53.517; 49.417
Ichki boʻlinishi 3 tuman
Mer Andreev Sergey Igorevich
Asos solingan 1737
Avvalgi nomlari 1964-yilgacha — Stavropol
Maydoni 314,78[1] km²
Markazi balandligi 90 m
Rasmiy tili ruscha
Aholisi 719,149 
Zichlik 2287 kishi/km²
Milliy tarkibi ruslar — 86,1%
tatarlar — 4,1%
ukrainlar — 2,1 %
mordvalar — 1,8%
chuvashlar — 1,6%
boshqalari — 4,3% [2]
Vaqt mintaqasi UTC+4
Telefon kodi +7 8482
Pochta indeksi 445xxx
Avtomobil kodi 63, 163
Rasmiy sayti http://portal.tgl.ru/
Tolyatti (Rossiya)
Tolyattirus. Тольятти
Tolyatti (Samara viloyati)
Tolyattirus. Тольятти

Tolyatti (1964-yilgacha Stavropol "Ставрополь") — Tolyatti (rus. Тольятти). Rossiya Federatsiyasi, Samara viloyatidagi shahar. Volga daryosidagi port shahar, temir yoʻl stansiyasi shahri hisoblanadi. Kuybishev suv omborining chap sohilida joylashgan. Aholisi 719.600 kishi (2012). Tolyattiga 1737-yili asos solingan. Volga.GES suv omboriga suv toʻldirilishi munosabati bilan (1950-yillar oʻrtalarida) shahar butunlay yangi joyga koʻchirildi[3]. 1964-yilda shahar Palmiro Tolyatti (Пальмиро Тольятти) sharafiga "Tolyatti" nomi qoʻyildi[4]..

Sanoati[tahrir]

Volga avtomobil zavodining qurilishi (1967—72) shahar taraqqiyotiga muhim taʼsir koʻrsatdi. Mashinasozlik va metallsozlik ("AvtoVAZ" bosh korxonasi) yetakchi oʻrinda edi, transformatorlar ishlab chiqarildi, kema taʼmirlashmexanika zavodi faoliyat koʻrsata boshladi. Kimyo sanoati (mineral oʻgʻitlar, sintetik kauchuk va boshqalar) rivojlangan. 2 ilmiy tadqiqot istituti, politexnika instituti, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]