To'ra Mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toʻra Mirzo (Toʻramirza Jabborov) — 1956-yili Namangan viloyati Chortoq tumani Peshqoʻrgʻon qishlogʻida tugʻilgan. 1979-ili Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti Teatrshunoslik boʻlimini va 1989-yili Moskvadagi Adabiyot institutining Oliy adabiyot kurslari dramaturgiya boʻlimini tamomlagan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi aʼzosi, Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri Badiiy kengashi maʼsul kotibi, adabiy emakdosh, shoir, dramaturg va teatrshunos. 1985-yili „Maysalar hayqirigʻi“, „Goʻroʻgʻlining belanchagi“ sheʼriy toʻplamlari uchun Yoshlar Ittifoqi mukofotiga sazovor boʻlgan. Uning oʻndan ortiq sheʼriy kitoblari Toshkentda, ikkita sheʼriy kitobi Moskva nashriyotlarida, 4ta pesasi Moskvaning „Iskusstvo“ va VAAP nashriyotida chop etilgan. "Amir Temur" sheʼriy dramasi Mulla Toʻychi Toshmuhamedov nomidagi Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan. Ushbu sheʼriy dramasi uchun Toʻra Mirzoga 1991-yili MDH yozuvchilar uyushmasi hamjamiyatining Xalqaro Fuzuliy mukofoti berildi. Dramaturgiyada 5ta, sheʼriy asarlari uchun 5ta xalqaro mukofotlar bilan taqdirlangan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning "Amir Temur va Yildirim Boyazid  munoqashasi", „Bekat“, „Tonggi tramvay“, „Poytaxt latifalari“, „Saratondagi izgʻirin“, „Amir Temur“ kabi pesalari xalqaro tanlovlarda mukofotlarga sazovor boʻlgan. Toʻra Mirzoning Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatrida „Soxta malika“, „Oʻtgan-oʻtmagan kunlar“ nomli musiqali dramalari sahnalashtirilgan. Shuningdek, shoir „Oy onam — qaynonam“, „Aloviddinning sehrli chirogʻi“, „Garovdagi muhabbat“, „Tuzoq“, „Afrika goʻzali“, „Asl xazina“, „Aloviddining sehrli chirogʻi“, „Antiqa sovchilar“, „Uygʻonish“ va „Toʻmaris“ spektakllarida ijro etilgan qoʻshiqlar matnining muallifidir. Uning yigirmadan ortiq pesa va tarjimalari respublika teatrlarida sahnalashtirilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]