Tishebay Qoraboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tishebay Qoraboyev
Tavalludi 1920-yil
SSSR, Oʻzbekiston SSR, Fargʻona viloyati, Namangan uyezdi
Vafoti 1953-yil
Fuqaroligi SSSR
Xizmatdagi yillari 1941—1944-yillar
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi

Tishebay Qoraboyev (1920, SSSR O‘zbekiston SSR Fargʻona viloyati Namangan uyezdi —1953) — Ishchilar va dehqonlar Qizil Armiyasi askari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1945), ushbu medal bilan taqdirlash boʻyicha farmon 1952-yilda bekor qilingan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tishebay Qoraboyev 1920-yilda Fargʻona viloyati Namangan uyezdida tavallud topgan.

1942-yilning 1-may sanasida O‘zbekiston SSR Uchqo‘rg‘on tuman harbiy komissarligi tomonidan Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi safiga chaqirtirilgan. 1942-yil 15 iyundan Ikkinchi jahon urushi frontlarida 219-oʻqotar diviziyasi 375-oʻqchi polki oʻq otuvchisi boʻlgan. 1944-yilning yozida boʻlib oʻtgan janglarda oʻziga xos jasorat koʻrsatgan[1].

1944-yil 10-iyulda katta serjant Axmetgalin qoʻmondonligidagi vzvod tarkibida nemis qoʻshinlarining mudofaasini yorib oʻtayotganda Qoraboyev birinchi boʻlib hujumga oʻtgan, shuningdek, Bruno spirallari, uch qatorli simli panjarani kesib oʻtgan va birinchilardan bo‘lib dushman hududiga bostirib kirgan. Bundan keyingi qoʻl olishuvlarida Qoraboyev ikki nemis askarini oʻldirishga muvaffaq boʻlgan.

Jangda Qoraboyev xizmat qilayotgan vzvod dushmanning 2 ta pulemyotini qoʻlga oladi. Ular chekinayotgan nemis askarlari ortidan taʼqib qilib, Safonovo qishlogʻi yaqinidagi ikkinchi mudofaa chizigʻigacha yetib boradi. 1944-yilning 14-iyulida vzvod dushman chegarasiga bostirib kiradi va jangda 50 nafar nemis askarlari va ofitserlari guruhini yoʻq qilishga muvaffaq boʻladi, shuningdek, ulardan 18 nafar askarlarni asirga olishadi. Shaxsan Qoraboyevning oʻzi 4 nafar dushman askarlarini yoʻq qiladi va 2 nafarini asirga oladi. 19-iyul kuni

Rundana shahri uchun boʻlgan jangda Axmetgalin vzvodi batalyongacha boʻlgan masofada dushman askarlari tomonidan qurshab olinadi. Kun davomida 11 kishi, shu jumladan, Qoraboyev ham nemis boʻlinmalarining ustun kuchlari bilan jang olib boradi. Jangda Qoraboyev bir necha marta yaralanadi va jang oʻz nihoyasiga yetkanidan keyin u oʻlgan deb eʼlon qilinib, vafotidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni beriladi[1], aslida esa Qoraboyev dushmanga taslim boʻlgan edi. 1944-yil dekabr oyida Turkiston ASSR polkiga ko‘ngilli askar boʻlib qoʻshiladi va Italiyada qo‘riqchi bo‘lib xizmat qiladi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi farmoni bilan Qizil Armiya askari Tishebay Qoraboyev vafotidan keyin Lenin ordeni, Sovet Ittifoqi Qahramoni yuksak unvoni hamda „Oltin yulduz“ medali bilan taqdirlanadi[2].

1951-yilda Qoraboyev SSSRga qaytib keladi, oradan bir yil oʻtgach, uning shaxsi aniqlanib, hibsga olinadi va 1952-yil 28-iyunda Qoraboyevni mukofotlash toʻgʻrisidagi farmon bekor qilinadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]