Vzvod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vzvod (rus.) — rota, batareya tarkibiga kiradigan harbiy boʻlinma. Bir nechta (2—4) boʻlinma, raschyot yoki ekipajdan iborat. Dastlab 17-asr oxirida piyoda va otliq, keyinchalik artilleriya qoʻshinida tuzilgan. Yangi qoʻshin turlari paydo boʻlishi bilan vzvod ular tarkibiga ham kirgan. Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatida ham vzvod tuzilishi saqlanib qolgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil