Thomas Edison
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| Tavalludi | 11 fevral, 1847 Milan, Ogayo, AQSh |
|---|---|
| Vafoti | 18 oktabr, 1931 Vest Orenj, Nyu Jersi, AQSh |
Thomas Alva Edison (Tomas Alva Edison; 11 fevral 1847 – 18 oktabr 1931) — butun dunyoga mashhur amerikalik ixtirochi. Edison AQShda 1093 ta, dunyoning boshqa mamlakatlarida esa 3 mingga yaqin patentlarga ega boʻldi. U telegraf, telefon, kinoapparaturani takomillashtirdi, xavfsiz elektr qizdirish lampochkasini yaratdi, dastlabki elektrovozlarga asos soldi, fonografni kashf etdi. Aynan u "Allo"ni taklif etgan.
[tahrir] Mashhur kashfiyotlari
Edison koʻpgina muhim kashfiyotlarning muallifidir. (Edisonning hayoti davomida AQShdagi patentlar byurosi unga 1093 ta patentni beradi — bunday miqdordagi patentlarni hali hech bir odam olmagan). Ular ichida:
- Saylovlarda ovozlarni sanovchi elektr hisoblagich — birinchi patentlangan kashfiyot.
- Qizdirish lampasidagi ip uchun uglerodning (kuydirilgan qogʻoz) ishlatilishi.
- Fonograf
- Kinetograf
- Trafaretli bosma
- Akkumulyator
- Elektr stuli
- "Allo"ni taklif etdi.