Teshio daryosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Teshio daryosi
Teshio-gava天塩川
Teshio dryosining Sōya magistralidagi ko'prikdan o'tayotgan poyezddan ko'rinishi
Teshio dryosining Sōya magistralidagi ko'prikdan o'tayotgan poyezddan ko'rinishi
Tavsif
Uzunligi 256
Daryolar havzasi 5,590 km2
Suv sarfi 110 m³/s
Suv oqimi
Boshlanishi Teshio tog'i
Quyilishi Yapon dengizi
Joylashuvi
Davlat Yaponiya
Mintaqa Xokkaydo
Tuman Rumoi, Kamikava, Sōya, Bifuka, Horonobe, Kenbuchi, Nakagava, Nayoro, Otoineppu, Shibetsu, Shimokava, Teshio, Toyotomi, Vakkanai, Vassamu
Teshio daryosi


 

Teshio daryosi (yaponcha: 天塩川 Teshio-gawa?) — Yaponiyaning Xokkaydo hududidagi daryo . Uzunligi 256 kilometr va bu koʻrsatkich bilan oroldagi ikkinchi eng uzun daryo (Ishikari daryosidan keyin) va mamlakatdagi toʻrtinchi eng uzun daryo (Shinano, Tone va Ishikaridan keyin) hisoblanadi. [1] A darajadagi Teshio daryosi Yaponiyaning eng shimoliy yirik daryosi boʻlib, Xokkaydo merosi roʻyxatiga kiritilgan. [2] [3] Matsuura Takeshiro daryoning ichki qismini oʻrganish paytida „Xokkaydo“ nomini oʻylab topgani aytiladi. [4]

Daryo nomining kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daryoning nomi Ainu tilidagi tesh・o・pet (yaponcha: テシ・オ・ペッ?) soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, „ baliq bilan toʻla daryo“ degan maʼnoni anglatadi. [5]

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daryoning boshlanish nuqtasi Kitami togʻlarining eng baland joyi hisoblanadigan Teshio togʻidadir(1558 metr). [6]

Ushbu daryo 12 munitsipalitetni oʻz ichiga olgan 5 590 kilometr kvadrat maydonni suv bilan taminlaydi:

  • Kamikava subprefekturasi: Bifuka, Kenbuchi, Nakagava, Nayoro, Otoineppu, Shibetsu, Shimokava, Vassamu
  • Rumoi subprefekturasi: Teshio
  • Soya subprefekturasi: Xoronobe, Toyotomi, Vakkanai

2010-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, ushbu hududda 122 000 ga yaqin odam yashagan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki odamlar Teshio daryosi boʻylariga taxminan 15 000 yil oldin kelgan deb hisoblanadi. Daryoning birinchi tadqiqi Takahashi Sōshirō (yaponcha: 高橋壮四郎?) boshchiligidagi uch kishi tomonidan uning pastki qismidan Otoineppugacha boʻlgan masofada oʻtkazilgan. Keyinchalik, Matsuura Takeshiro yigirma toʻrt kun davomida Teshio daryosining boshlanishidan boshlab uni va uning boʻyida yashovchilar haqida oʻz maʼlumotlarini Teshio Diaries (yaponcha: 天塩日誌?) yozib qoldirdi. [7] Matsuura „Xokkaydo“ nomini Otoineppu hududida yashovchi Aynu oqsoqolidan eshitgan ertaklaridan eshitgani haqida yozib qoldirgan.

2- Meyji davrida (1869) Xokkaydo taraqqiyot komissiyasi (yaponcha: 開拓使?) tashkil etilgandan soʻng, daryo boʻylariga koʻchmanchi dehqonlar oʻrnasha boshlashgan.

Daryo tarixi Teshio shahridagi Teshio River Historical Museum (Teshio daryosi tarixiy muzeyi) (yaponcha: 天塩川歴史資料館?) da batafsil yoritilgan. [8]

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shibetsu va Shimokavaning yuqori oqimidagi hududlarida yogʻoch sanoati yaxshi rivojlangan. Nayoro va Bifuka oʻrtasidagi Nayoro havzasi sholi yetishtirishga ixtisoslashgan. Pastda, Teshio tekisligida sutchilik bilan shugʻullanishadi, daryoning boshlanishiga yaqin joyda losos va gulmoyi yetishtirish, shuningdek, prefekturada shijimi mollyuskalarini intensiv yetishtirish rivojlangan. Suv sporti turlaridan kanoeda eshkak eshish keng tarqalgan. Har yili "Daun za Tesshi o pet" (yaponcha: ダウン・ザ・テッシ・オ・ペッ?) poygasi boʻlib oʻtadi.

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „級河川水系別延長等“ (ja). Ministry of Land, Infrastructure, Transport and Tourism (1998-yil 30-aprel). Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  2. „天塩川“ (ja). Ministry of Land, Infrastructure, Transport and Tourism. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  3. „北海道遺産・分布図“ (ja). Hokkaido Government (2019-yil 1-iyul). Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  4. „北海道遺産・天塩川“ (ja). Hokkaido Government. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  5. Batchelor, John. An Ainu-English-Japanese Dictionary. Tokyo: Church Mission Society, 1889 — 164, 185, 249 bet. 
  6. „天塩川“ (ja). Ministry of Land, Infrastructure, Transport and Tourism. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  7. „市町村指定等文化財一覧“ (ja). Ministry of Land, Infrastructure, Transport and Tourism. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  8. „川口遺跡風景林“ (ja). Teshio Town (2020-yil 8-aprel). Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.