Telemexanika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Telemexanika (tele... vo mexanika) — 1) axborot (signal) larni masofadan turib boshqarish va nazorat qilish maqsadida ularni uzatish xdmda qabul qilish usullarini va texnika vositalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan fan. T. fan va texnikaning axborotlarni masofadan turib uzatish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa sohalari (telefon, telegraf, televideniye va boshqalar)dan axborotlarning juda anikligi (0,1%gacha), T. kurilmalarini avtomatlashtirish darajasining yuqoriligi, axborotlarni ishlab chiqishning markazlashtirilishi va boshqa omillar bilan farq qiladi. T.ning boshqarish va nazorat qilish obʼyektlari — texnologik jarayonlar, mashinalar, qurilmalar, biologik tizimlar va boshqa; 2) axborotlarni kodlash, ularni simli aloqa va radioaloqa kanallari boʻyicha uzatish vositalarini ishlab chiqish, yaratish va ulardan foydalanish bilan shugʻullanadigan texnika boʻlimi. T. tizimlarida axborotlar, odatda, bir aloqa kanali boʻyicha uzatiladi. T. vositalari gaz va neft quvurlari, atom elektr styalari, baʼzi kimyoviy korxonalar, avtomatik meteorologiya styalari va boshqalarda teleoʻlchash va teleboshqarish uchun qoʻllanadi (qarang Telemetriya, Telemexanika tizimi).