Suyunchi (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Suyunchi
Rejissor Melis Abzalov
Ssenariy muallifi Rixsivoy Muhammadjonov
Rollarda
Bastakor Mirhalil Mahmudov
Studiya Oʻzbekfilm
Premyera sanasi 5-sentabr, 1982
Davomiyligi 70 minut
Mamlakat Oʻzbek SSR
Til Oʻzbek, rus

"Suyunchi" (rus. «Бабушка-генерал») — taniqli o‘zbek rejissori Melis Abzalov 1982-yil yaratgan drama film.

Sujet[tahrir]

Filmda kichik Oʻzbek SSR qishlogʻida oʻgʻli, kelini va 10 oʻgʻil nevarasi bilan yashovchi Anzirat ona haqida hikoya qilinadi (Anzirat ona rolini Zaynab Sadriyeva oʻynagan). 1930-yillarda Anzirat ona qishloqning kolxoziga boshchilik qilib koʻp qiyinchiliklardan oʻtgan boʻladi. Yoshi ulgʻaygach ham dam olish oʻrniga ba’zi qishloqdagilarning yalqovligi, ochkoʻzligi va eʼtiborsizligiga chiday olmay tartib oʻrnatishga harakat qiladi. Anzirat onaning oʻgʻli boʻlsa hamma vaqtini homilador ayoliga uy ishlarida yordam berish oʻrniga farzandlari bilan futbol oʻynab oʻtkazadi. Shu sabab Anzirat ona oʻgʻlining oilasida tartib oʻrnatishga harakat qiladi. Anzirat onaning vafotidan keyin qishloq aholisi usiz qishloqning huvillab qolganini sezishadi.

Havolalar[tahrir]