Summer of '69

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Summer of '69“
Bryan Adams qoʻshigʻi
„Reckless“ albomidan
B tomon
  • „Kids Wanna Rock“
  • „The Best Was Yet to Come“
Chiqarilgan sanasi 17-iyun 1985-yil
Yozib olingan 1984
Janr
Davomiyligi 3:36
Leybl A&M
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
Bryan Adams singllari xronologiyasi
„Heaven“
(1985)
Summer of '69
(1985)
„One Night Love Affair“
(1985)
Klipi
„Summer of '69“ YouTubeda

Summer of '69 (tarjimasi „69-yilning yozi“) — kanadalik qoʻshiqchi Bryan Adams ijro etgan qoʻshiq. Adamsning „Reckless“ nomli toʻrtinchi albomiga kiritilgan. Qoʻshiq qahramoni oila qurish yoki rok yulduzi boʻlishga urinish yoʻlini tanlay olmay qiynalayotgani haqida kuylaydi. Qoʻshiq Adams va uning uzoq yillik qoʻshiqnavis hamkori Jim Vallance (talaffuzi: Jim Vallans) tomonidan yozilgan. „Summer of '69“ qoʻshigʻiga Adams va Bob Clearmountain (talaffuzi: Bob Klermauntain produserlik qilgan.

Qoʻshiq 1985-yilning iyun oyida A&M Records leyblida „Reckless“ albomining toʻrtinchi singli sifatida chiqarilgan. „Summer of '69“ yuqori templi rock qoʻshigʻidir. Adams qoʻshiq eʼlon qilinganidan keyingi yillarda ashula muayyan yil haqida emas, balki oral jinsiy aloqa pozasiga shama ekanligini taʼkidlagan, ammo Vallance bu fikrni qoʻllamagan.

Qoʻshiq singl oʻlaroq orqa tomonida „Kids Wanna Rock“ hamda „The Best Was yet to Come“ qoʻshiqlari bilan chiqarilgan. Birinchisi avvalroq „Reckless“ albomida, ikkinchisi esa „Cuts Like a Knife“ albomida chiqarilgan boʻlgan.

„Summer of '69“ qoʻshigʻini musiqa tanqidchilari ijobiy baholadi. Qoʻshiq uchun Steve Barron (talaffuzi: Stiv Barron) klip olgan boʻlib, unda Adams va uning guruhi turli xil vaziyatlarda, jumladan, politsiyadan qochayotgan holatda tasvirlangan. Qoʻshiq xalqaro miqyosda xit-paradlarda yuqori pogʻonalarni egalladi. Buyuk Britaniyada „Summer of '69“ Adamsning eng yaxshi qoʻshiqlaridan biri sifatida eʼtirof etildi. Qoʻshiq Niderlandiya xit-paradida toʻrtinchi, AQSH xit-paradida esa beshinchi pogʻonagacha koʻtarildi.

2005-yilda raqamli qoʻshiqlar davri boshlanishidan oldin kanadalik sanʼatkorlar tomonidan yozilgan qoʻshiqlar orasida „Summer of '69“ eng koʻp efirga uzatiladigan hamda eng koʻp xarid qilinadigan qoʻshiqdir. Shuningdek, 1990-yildan oldin chop etilgan kanadalik sanʼatkorlarning qoʻshiqlari orasida „Summer of '69“ Kanada radiosida eng koʻp eshittiriladigan qoʻshiqdir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Steve Sullivan. Encyclopedia of Great Popular Song Recordings. Rowman & Littlefield, 2017 — 580 bet. ISBN 9781442254497. 
  2. Andrew Jett. „10 Best Pop Rock Songs“. Mademan. 11-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2018-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]