Bryan Adams

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bryan Adams
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 5-noyabr 1959-yil (1959-11-05) (64 yosh)
Fuqaroligi Kanada[1][2] va Birlashgan Qirollik[3]
Janr Arena Rock, Soft rock, Hard Rock, Album Oriented Rock, Pop Rock.
Veb-sayt www.bryanadams.com

Bryan Guy Adams (1959-yil 5-noyabrda Kingston, Kanadada tavallud topgan) — Kanada rok qoʻshiqchi-yozuvchi, musiqachi, gitarist va suratchisi. U shou biznesdagi karyerasini 1976-yilda rok guruhi tarkibida boshlaydi. Uning ilk albomi 1980-yilda sotuvga chiqariladi. Bryan Adams filmlar uchun yozgan qoʻshiqlari uchun 3 marotaba Academy Awards nomzodi boʻlgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bryan Adams Kanadaning Kingston shahrida ingliz oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi diplomat boʻlgani sababli, oila koʻplab davlatlarda: Angliya, Isroil, Fransiya, Portugaliya va Avstriya da boʻladi. Adamslar oilasi Vankuverda qolganlarida Bryan oʻzining musiqa karyerasini boshlaydi. Bu paytda u 15 yoshda edi.

Hozirda Bryan Angliyada yashamoqda. Ilgari u Fransiyada istiqomat qilardi va fransuzchada soʻzlashardi. Bryan, shuningdek, „Chelsi“ futbol jamoasini qoʻllab-quvvatlaydi. Uning «18 Til I Die» nomli albomidagi «Weʼre Gonna Win» qoʻshigʻi ham shu jamoa haqidadir.

Vankuverda Bryan «The Warehouse Studio» deb nomlangan oʻz ovoz yozish studiyasini ochadi.

Erishilgan yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bryan Adamsning «(Everything I Do) I Do It for You» nomli musiqiy kompozitsiyasi "Robin Gud: Oʻgʻrilar shahzodasi" filmida, «All for Love» - "Uch mushketyorlar" filmida, «Have You Ever Really Loved a Woman?» - "Don juan de Marko" filmida soundtrek sifatida ishlatilgan. Bu qoʻshiqlarning barchasi AQSH hit-paradlarining yuqori oʻrinlarini egallagan. «(Everything I Do) I Do It for You» qoʻshigʻi esa Angliya hit-paradlarida 16 hafta turib, hozirgi kungacha zabt etilmagan rekord oʻrnatgan. Umuman olganda, Bryan Adamsning qoʻshiqlari 42 ta badiiy filmlarda yangragan.

1990-yilning ikkinchi yarmida Adamsning mashhurlik koʻrsatkichi biroz pasayadi. Oʻsha yillarda yozilgan Bryanning asosiy hit qoʻshiqlari boshqa qoʻshiqchilar bilan birga ijro etilgan edi: Barbra Streisand («I Finally Found Someone»), Spice Girls guruhidagi Melanie C («When You’re Gone»), Chicane («Don’t Give Up»).

2002-yilda Adams Andrey Konchalobskiyning "Telbalar uyi" nomli filmida oʻziga yaqin boʻlgan inson rolini oʻynadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]