Sulaymon Boqirgʻoniy jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sulaymon Boqirg'oniy masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Xorazm
Joylashuvi Hazorasp tumani
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Maqomi amalda
Holati amaldagi


Sulaymon Boqirgʻoniy jome masjidi – Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi Hazorasp qalasining shimoli-gʻarbida joylashgan. Sulaymon Boqirgʻoniy Hazorasp tumanidagi Boqirgʻon qishlogʻida tugʻilgan. Yassaviya tariqatining davomchilaridan biri hisoblanadi. Sulaymon Boqirgʻoniy yaʼni Hakim ota masjidi dastlab oʻzining mahallasida boʻlgan. Sulaymon Boqirgʻniy xalq orasida Hakim ota nomi bilan mashxur boʻlgan.[1] Ammo keyinchalik Sulaymon Boqirgʻoniy vafot etgach uni Bogʻdor mahallasiga dafn etadilar va shu yerda masjid quradilar. Masjid 1973-yilda bunyod etilgan. Masjid keyinchalik maʼlum muddat qishloq xoʻjalik oʻgʻitlari saqlanadigan omborga aylantirilgan deb shoʻralar zulmidan saqlab qolingan.[2] Mustaqillik yillarida masjid qayta taʼmirlandi va masjid hozirda namozxonlar bilan toʻla. Ulaymon Boqirgʻoniy din va tasavvuf, ishq va ahloqdan saboq beruvchi asarlari Turkiston boʻylab keng tarqalgan. Husayn Voiz Koshifiy Boqirgʻoniyni „Darveshlar ahvolidan turkiy kalimotu hikmatomiz va latoifu ibratangizdir. Turkiston viloyatida maʼruf va mashhurdir va alarning favoiyidi anfosi qudsiylaridandur“ deb tarif beradi[3]. Uning sherlarida dunyoni doʻzaxga aylantirmaslik, nafsu havoga berilib, xalq boshiga azob solmaslik, ong qulligidan halos boʻlish, dinni ulugʻlash kabi gʻoyalar boradi. Alisher Navoiy „Nasoyim ul-muhabbat“da: „Hakim ota – oti Sulaymondir. Xoja Ahmad Yassaviyning murididur“, deb yozar ekan, Hakim otaning hikmatlari turkiy xalqlar orasida shuhrat qozonganini taʼriflab, ulardan birini misol keltiradi[4].

Hakim otaning yozgan sheʼrlari va dostonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Boqirgʻoniy kitobi
  • Bibi maryam kitobi;
  • Oxir zamon kitobi.[5]

Yangiliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-sonli Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidadi qaroriga koʻra turizmi marshrutlarida foydalaniladigan madaniy meros obyektlarining 2021 – 2025-yillarda ustuvor ravishda restavratsiya qilishga Sulaymon Boqirgʻoniy jome masjidi ham kiritildi[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://qomus.info/encyclopedia/cat-b/boqirgoniy-sulaymon-uz/
  2. https://masjid.uz/xorazm-v/289-xozarasm-tumani/2282-sulaymon-boqirgoniy.html
  3. https://malumot.ru/mutafakkirlar-sulaymon-boqirgoniy-28/
  4. https://malumot.ru/mutafakkirlar-sulaymon-boqirgoniy-28/
  5. https://qomus.info/encyclopedia/cat-b/boqirgoniy-sulaymon-uz/
  6. https://lex.uz/docs/-5315060?ONDATE=25.02.2021%2000