Stabilitron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Stabilitron [lot. stabilis — turgʻun, doimiy va elek(tron)] — elektr zanjirining maʼlum qismidagi kuchlanishni birday tutib turish (barkarorlash) uchun ishlatiladigan ikki elektrodli gaz razryadli yoki yarim oʻtkazgichli asbob (diod). Ishi undan oʻtadigan tokning oʻzgarishiga qarab kuchlanishning qisman oʻzgarishiga asoslangan. Yarimoʻtkazgichli, toj razryadli va tutovchi razryadli xillari bor. Yarimoʻtkazgichli S. uchun barqarorlovchi kuchlanish 3—180 V, toj razryadli S. uchun 300 V—30 kV, tutovchi razryadli S. uchun 70—160 V. Slar elektron asboblarda qoʻllaniladi.