Solishtirma quvvat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Solishtirma quvvat - dvigatel quvvatining oʻz massasi, hajmi yoki boshqa parametrlariga nisbati. Porshenli dvigatelda dvigatel litrajiga nisbati bilan oʻlchanadigani litr quvvati, porshenlar yuzalari yigʻindisi birligiga nisbati bilan oʻlchanadigan dvigatel quvvati porshen quvvati deyiladi. Transport mashinalarida Solishtirma quvvat dvigatel quvvatining tortiladigan tirkamalar ogʻirligiga nisbati bilan oʻlchanadi. Solishtirma quvvat transport mashinalarining dinamik xususiyatlari, yaʼni maksimal tezligi, tezlik olishi, qoʻshimcha yukni torta olish xususiyati va boshqa bilan ifodalanadi. Mashina Skrining oʻrtacha ish sharoitidagi Solishtirma quvvatiga nisbati shu mashina dvigatelining ish rejimi kuchlanganligini ifodalaydi. Yengil avtomobillar uchun bu kattalik 0,3 ga, yuk avtomobillari uchun 0,5 ga, traktorlar uchun 0,7 —0,75 ga teng.