Sogdiana (qoʻshiqchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sogdiana (qoʻshiqchi)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 17-fevral 1984-yil (1984-02-17) (40 yosh)
Fuqaroligi Rossiya va Oʻzbekiston
Kasbi Singer, Actress
Janr Folk, Pop, Traditional, pop-folk
Faoliyat yillari 2000–h.v.
Veb-sayt www.sogdianamusic.ru/

Oksana Vladimirovna Nechitaylo (1984-yil 17-fevralda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR), sahnada Sogdiana taxallusi nomi bilan mashhur — asli ukrainlik boʻlgan oʻzbek va rus xonandasi, qoʻshiqlar muallifi. Checheniston Respublikasi xalq artisti (2009). Ingushetiya Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (2018).

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nechitaylo 1984-yil 17-fevralda Toshkentda tugʻilgan. Millati — Ukraina. Uning otasi Vladimir Nechitaylo muhandis, onasi Larisa Fedorinskaya esa ma’lumoti boʻyicha tibbiyot xodimi. Buvisi cherkov xorida kuylagan.

Musiqa maktabini fortepiano boʻyicha tamomlagan. Shuningdek, rasm chizish, raqsga tushish va vokal (xonandalik) toʻgaraklariga qatnashgan.

Koʻplab xalqaro va respublika tanlovlarida qatnashib, koʻpincha sovrindorlar qatoridan joy olgan. 2001-yilda xonandaning „Mening koʻnglim“ debyut albomi chiqqan, albom oʻzbek, rus va ingliz tillarida qoʻshiqlarni oʻz ichiga olgan. 2003-yilda Sogdiana „Nihol“ Oʻzbekiston Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan.

2004-yildan Sogdiana repertuarida oʻzbek tilidagi kompozitsiyalar paydo boʻlgan, jumladan „Mening shahzodam“, „Ovora boʻlma“, „Netay“, „Sen Kelma“ va „Yurak Mahzun“, ushbu qoʻshiqlar uchun videokliplar ham suratga olingan. Tez orada ushbu qoʻshiqlardan iborat Mening Shahzodam... Baribir Kelar! albomi chiqqan.

2006-yilda Sogdiana „Yulduzlar fabrikasi“ (rus. „Фабрикa звёзд“) iste’dodlar shousining oltinchi mavsumi ishtirokchisi boʻlgan, uning musiqiy prodyuseri Viktor Drobish edi. Oʻsha yilning oxirida xonanda birinchi marta „Yurak Mahzun“ — „Сердце-магнит“ qoʻshigʻining ruscha talqini bilan „Oltin Gramofon“ mukofoti sovrindori boʻlgan.

2007-yilda Sogdiana „Moviy osmon“qoʻshigʻiga klip suratga olgan va oʻzining birinchi ruscha albomi ustida ish boshlagan. Biroz vaqt oʻtgach, Sogdiana „Moviy osmon“ qoʻshigʻi uchun „Oltin gramofon“ning ikkinchi haykalchasini olgan va „Asosiylar toʻgʻrisida yangi qoʻshiqlar“ telefestivalining laureati boʻlgan. Shuningdek, Rossiya musiqasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun Moskva meriyasining „Pilar“ mukofoti bilan taqdirlangan.

2008-yil 14-fevralda Sogdiananing birinchi ruscha „Сердце-магнит“ albomi chiqqan.

2009-yilda Sogdianaga Checheniston Respublikasi xalq artisti unvoni berilgan. „Meni esla“ va „Na Vostok ot Edema“ qoʻshiqlari uchun videokliplar suratga olingan va namoyish etilgan. Tez orada qoʻshiqchi „Na Vostok ot Edema“ qoʻshigʻi uchun „Oltin Gramofon“ haykalchasini olgan.

2010-yil aprel oyida „Sen bilan yoki sensiz“ (rus. С тобой или без тебя) qoʻshigʻi va klipining premyerasi boʻlib oʻtgan. 2011-yil 30-yanvarda Sogdiananing „Edem“ deb nomlangan ikkinchi ruscha albomi chiqqan. Koʻp oʻtmay, „Faqat jim boʻlma“ (rus. Только не молчи) yangi singli chiqqan, u keyinchalik „Edem“ albomining cheklangan qayta nashriga kiritilgan.

2014-yilda uch yillik tanaffusdan soʻng Sogdiana „Chaqmoq“ (rus. Молния) qoʻshigʻiga ishlangan klip bilan yana sahnaga qaytgan. 2015-yilda xonanda „Mening Shahzodam“ qoʻshigʻining „Epidemiya“ deb nomlangan rus tilidagi talqinini taqdim etgan, „Qanotsiz qush“ (rus. Птица без крыла) qoʻshigʻiga klip suratga olgan, shuningdek, „Oltin gramоfon“ning 20 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda „Сердце-магнит“ xitini ijro etgan.

2016-yil fevral oyida Avram Russo bilan „Net nevozmojnogo“ (rus. Нет невозможного) qoʻshigʻi uchun qoʻshma klipning premyerasi boʻlib oʻtgan.

2018-yilning yanvar oyidan buyon Sogdiana „Goldenlook Management Company“ yorligʻida chiqqan. Fevral oyida „Men bilan boʻl“ (rus. Будь со мной) qoʻshigʻining premyerasi boʻlib oʻtgan. May oyida „Sen bilan“ (rus. С тобой) qoʻshigʻining premyerasi boʻlib oʻtgan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1998 — Respublika yosh pianinochilar tanlovida laureat unvonini olgan.
  • 1999 — „SADO-99“ professional ijrochilarning estrada qoʻshiqlari oʻzbek telefestivalining laureati.
  • 2002 — „Mening yurtim kuylari“ birinchi respublika estrada xonandalari tanlovi sovrindori.
  • 2003 — „Yulduzlarga yoʻl“ estrada qoʻshiq ijrochilari xalqaro tanlovi sovrindori (Sankt-Peterburg, Rossiya)
  • 2003 — 2003-yilgi „Nihol“ iqtidorli yoshlar uchun Davlat mukofoti sovrindori (Toshkent, Oʻzbekiston).
  • 2005 — „Discovery“ estrada qoʻshiqlari ijrochilari xalqaro tanlovi laureati (Varna, Bolgariya).
  • 2005 — „Canzoni Dal Mondo“ estrada qoʻshiqlari ijrochilari xalqaro tanlovi laureati (Italiya).
  • 2006 — „Сердце магнит“ qoʻshigʻi uchun „Oltin Gramofon“ mukofoti sovrindori.[1].
  • 2007 — „Синее небо“ qoʻshigʻi uchun „Oltin Gramofon“ mukofoti sovrindori.[2].
  • 2007 — „Pilar“ mukofoti sovrindori
  • 2008 —„Ветер догнать“ qoʻshigʻi uchun „Oltin Gramofon“ mukofoti sovrindori.[3].
  • 2009 — Checheniston Respublikasi xalq artisti unvoni.
  • 2010 — „Sevimli radio ijrochisi“ (rus. „Радиофаворит-Исполнительница“) nominatsiyasida „Bog efira“ (rus. Бог Эфира) mukofoti sovrindori
  • 2010 — „На восток от Эдема“ qoʻshigʻi uchun „Oltin Gramofon“ mukofoti sovrindori.
  • 2015 — „Сердце магнит“ qoʻshigʻi uchun „Oltin Gramofon“ mukofoti sovrindori.
  • 2018 — Ingushetiya Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvoni.

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiya albomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. 2001 — Mening koʻnglim (rus. Моя душа)

2. 2005 — Mening shahzodam… Baribir kelar! (rus. Мой принц... Всё равно придёт!)

3. 2008 — „Сердце магнит“

4. 2011 — „Эдем“

5. 2018 — „Я Выбираю Тебя“

Videografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Klip Rejisser Albom
2000 „Assol“ Noma’lum «Mening Ko’nglim»
2004 «Mening Shahzodam» «Mening Shahzodam…
Baribir Kelar!»
«Ovora Bo’lma»
2005 «Netay» Скан Мульти
«Sen Kelma» Noma’lum
«Yurak Mahzun» / «Сердце-магнит» Скан Мульти «Mening Shahzodam…
Baribir Kelar!» / «Сердце-магнит»,

«Эдем»

«Meni Esla» Bahrom Yoqubov OST «Согдиана»
2007 «Синее небо» Georgiy Toidze «Сердце-магнит»
2008 «Разлетелись облака» Andrey Boltenko «Эдем»
«Не оставляй»
2009 «Вспоминай меня» Bahodir Yoʻldoshev
«На восток от Эдема»
2010 «С тобой или без тебя»
2011 «Только не молчи»
2014 «Молния» Irina Mironova «Я выбираю тебя»
2015 «Птица без крыла» Nina Dyagileva
Danila Zotov
Asya Fri
2016 «Нет невозможного»
(feat. Avraam Russo)
Jor Meloyan
2017 «Неделимы» Yodgor Nosirov
2018 «Будь со мной» Valentin Savin
Katerina Lagoda
«С тобой» Taras Golubkov
«Я выбираю тебя» Aleksandr Filatovich
2019 «Кольцо»
(feat. Abdulkarim)
Rina Kasyura albom yoʻq
«Лови» Aleksandr Filatovich
2020 «Самый лучший день» Serghey Grey

Filmografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2005 — Xoʻja Nasriddin — oʻyin boshlandi — Yasmin
  • 2006 — Soʻgʻdiyona — Soʻgʻdiyona Fedorinskaya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Oltin Gramofon 2006“ (deadlink). goldengramophone.ru. 2011-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-yanvar.
  2. „Oltin Gramofon 2007“ (deadlink). goldengramophone.ru. 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-yanvar.
  3. „Oltin Gramofon 2008“ (deadlink). goldengramophone.ru. 2013-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]