Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi
(SAQT)
Oʻquv yurti turi texnikum
Sohasi arxitektura va qurilish
Rektori Islom Boydavlatov[1][2]
Manzili Sirdaryo viloyati Guliston shahri Oʻzbekiston shox ko'chasi 1-uy[1][2]

Map

-->

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi – Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan texnikum. Toshkent arxitektura-qurilish instituti huzurida tashkil etilgan[3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Texnikum 1978-yilda qurilgan va shu yili „Turgʻun Axmedov nomidagi qurilish texnikumi“ sifatida oʻz faoliyatini boshlagan. Umumiy maydoni 2,67 ga, 3 qavatli 300 oʻrinli oʻquv binosi, 3 qavatli 300 oʻrinli yotoqxona, oʻquv ustaxonasi, 150 oʻrinli oʻquvchilar oshxonasi, sport zali mavjud. 1998-yilda „Guliston qurilish kasb-hunar kolleji“ga oʻzgartirilgan. 2021-yil 31-avgustda esa „Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi“ oʻzgartirilgan.

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Texnikum oʻquv yili 2 yilni tashkil etib, taʼlim shaklining 3 turi yaʼni kunduzgi, sirtqi hamda dual shakli boʻyicha kasb va mutaxassislikka oʻrgatadi.

  • Arxitektura;
  • Geodeziya va kortografiya;
  • Kadastr;
  • Buxgalteriya hisobi va audit;
  • Yengil sanoat buyumlari va konstruksiyalari;
  • Mehmonxona xoʻjaligini tashkil qilish va boshqarish;
  • Elektron tijorat;
  • Avtomobil transportiga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash;
  • Yer kadastri va yerdan foydalanish;

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]