Guliston davlat pedagogika instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Guliston davlat pedagogika instituti
(GulDPI)

Guliston davlat pedagogika instituti logotipi
Xalqaro nomi Gulistan state pedagogical institute
Asos solingan 2022-yil
Rektori Karshibayev Jahongir Hazratqulovich
Manzili Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Guliston ko'chasi, 49-uy.
Vebsayti https://gspi.uz


Guliston davlat pedagogika instituti (GulDPI) - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qaroriga muvofiq Guliston davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Guliston davlat pedagogika instituti tashkil etildi.[1][2]

Institut maqsadi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guliston davlat pedagogika institutining maqsadi oʻzbek xalqiga yuqori salohiyatli va ilgʻor taʼlim texnoligiyalariga asosan professional sifatli pedagog kadrlar tayyorlashdir. Institutda oʻquv jarayoni „Taʼlim toʻgʻrisida“ gi qonun, taʼlim yoʻnalishlariga muvofiq „Davlat taʼlim standarti“ va „Malaka talablari“ asosida yuritiladi va tartibga solinadi. Oʼquv jarayonining sifatli borishi uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda yuqori natijalarni koʻrsatish uchun maʼruza zallari, oʼquv xonalari soʻnggi yillarda ishlab chiqarilgan zamonaviy axborot texnologiyalari, yoqori sifatli proektorlar, video va audio tizimlari bilan taʼminlangan. Oʼquv jarayoni uchun institut oʻqituvchilari tomonidan barcha fanlar boʻyicha elektron oʼquv va uslubiy materiallar ishlab chiqilgan. Institut kredit modulli oʻquv tizimi asosida faoliyat olib boradi. Institutda oʻquv jarayoni oʻzbek, rus, qozoq va ingliz tilida olib boriladi.

Fakultetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi kunda institutda 2 ta fakultet faoliyat ko'rsatadi. Ular:

  1. Pedagogika fakulteti
  2. Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti

Kafedralar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Institutdagi kafedralar soni 5 ta bo'lib, ular quyidagilar:

  1. Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi
  2. Pedagogika kafedrasi
  3. O‘zbek tili va tillarni o‘qitish kafedrasi
  4. Ijtimoiy fanlar va san'atshunoslik kafedrasi
  5. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

Bakalavr yo‘nalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kunduzgi[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Shifr Ta'lim yo‘nalishi nomi
1 60110100 Pedagogika
2 60110200 Maktabgacha ta’lim
3 60110500 Boshlang‘ich ta’lim
4 60110600 Matematika va informatika
5 60110700 Fizika va astronomiya
6 60111000 Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
7 60111200 Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
8 60111300 Musiqa ta’limi
9 60111400 O‘zbek tili va adabiyoti
10 60111500 Ona tili va adabiyoti: qozoq tili va adabiyoti
11 60111700 O‘zga tilli guruhlarda rus tili
12 60111800 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
13 60112100 Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
14 60112200 Jismoniy madaniyat
15 60112200 Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha)
16 60112300 Texnologik ta’lim
17 60110900 Biologiya
18 60110800 Kimyo
19 60111100 Tarix

Sirtqi[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Shifr Ta'lim yo‘nalishi nomi
1 60110600 Matematika va informatika
2 60111200 Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
3 60110100 Pedagogika
4 60111300 Musiqa ta’limi
5 60110500 Boshlang‘ich ta’lim
6 60110200 Maktabgacha ta’lim
7 60112200 Jismoniy madaniyat
8 60112300 Texnologik ta’lim
9 60111000 Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
10 60111100 Tarix
11 60112100 Milliy g’oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

Magistratura yo‘nalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Shifr Ta'lim yo‘nalishi nomi
1 70110102 Pedagogika va psixologiya
2 70110201 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
3 70110501 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
4 70110602 Ta’limda axborot texnologiyalari
5 70111001 Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya)
6 70111202 Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
7 70112101 Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)
8 70112301 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim)
9 70111101 Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʼqitish metodikasi (tarix)
10 70112102 Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʼqitish metodikasi (huquq taʼlimi)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI“ (o‘zbekcha). www.lex.uz. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi (21-iyun 2022-yil). Qaraldi: 13-mart 2024-yil.
  2. „Guliston davlat pedagogika institutiga rektor tayinlandi“ (o‘zbekcha). www.uzreport.news. UzReport.news (9-sentyabr 2023-yil). Qaraldi: 13-mart 2024-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Institutning rasmiy veb sayti

Galareya[tahrir | manbasini tahrirlash]