Shuxov minorasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Joylashuv M.Karimov koʻchasi, Buxoro shahri
Dizayner Vladimir Shuxov
Material Temir
Meʼmoriy uslubi Konstruktivizm
Qurila boshlagan 1927-yil
Qurilish tamomlangan 1929-yil
Ochilish sanasi 2019-yil 24-mart
Xarita
Koordinatalari 39°46′40.69″N 64°24′30.74″E / 39.7779694°N 64.4085389°E / 39.7779694; 64.4085389 G OKoordinatalari: 39°46′40.69″N 64°24′30.74″E / 39.7779694°N 64.4085389°E / 39.7779694; 64.4085389 G O

Shuxov minorasi — Buxoroning markazidagi Registon shahar maydonida, Buxoro arki roʻparasida qurilgan metall giperboloid konstruksiya. 1927—1929-yillarda sovet muhandisi, ixtirochisi va olimi Vladimir Shuxov loyihasi boʻyicha barpo etilgan. V.Shuxov loyihalari asosida elektr uzatish liniyalari, mayoqlar va boshqa shunga o‘xshash qurilishlarni o‘z ichiga olgan 200 yuzdan ortiq inshootlar qurilgan. Buxoroda metall minora qurish V.Shuxovning Oʻzbekistondagi mashhur loyihalaridan biridir.

Obyekt uzoq vaqt davomida Buxoroning suv taʼminoti minorasi sifatida xizmat qilgan. 1975-yilda shaharda yong‘in sodir bo‘lish oqibatida minoraning ustki qismining yogʻoch gʻilofi yonib, suv idishi shikastlangan, shundan soʻng minora oʻzining dastlabki funksiyasini yoʻqotgan, foydalanishni toʻxtatgan. 1990-yillarda mahalliy tadbirkor tomonidan minoraga lift qo‘shilgan va uning tepasi restoranga aylantirilgan, lift buzilib qolgandan keyin yopilgan. 2018-yilda fransuz sarmoyalari yordamida yana foydalanishga topshirildi. 2019-yil 24-martda yangi nom — Bukhara tower[1] bilan qayta ochildi.

Hozirda u oynali lift, durbinli pullik kuzatuv maydonchasi (yuqorida), kichik fransuz restoranlari (ikkinchi qavatda va pastda), kichik muzeyga ega turistik maʼlumot markazi (pastki qismida) joylashgan[2]. Minora Buxoro shahridagi diqqatga sazovor turizm obyekti sanaladi.

Qurilish loyihasiga koʻra metall chiziqlar poydevorning ushlab turuvchi halqasidan yerga tushadi va minoraning o‘zi bir-biriga yopishtirilgan alohida bloklar tarmog‘iga o‘xshaydi. Tuzilishning barqarorligi va yengilligi shamolga qarshi turishga imkon beradi[3].

Inshoot 45 yildan ko‘proq vaqt mobaynida aholiga xizmat qildi va keyinchalik madaniy meros ob’ekti sifatida ro‘yxatga olindi[4], „Oʻzbekiston moddiy madaniy merosi koʻchmas mulk obʼyektlari milliy roʻyxati“ga kiritilgan[5].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]