Shokoladdagi salo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shokoladdagi salo ― oddiy yoki dudlangan choʻchqa yogʻi, shokolad va sariyogʻdan tayyorlanadigan konfet shaklidagi shokoladli desert. Aniq seziluvchi shoʻr-shirin taʼmga ega[1]. Bundan tashqari, unga turli xil ziravorlar qoʻshish ham mumkin. Odatda, yegulik sharob yoki likyor bilan birga tortiq etiladi[2].

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shirinlik Ukraina oshxonasiga xos yegulik hisoblanadi[3]. Uning qachon paydo boʻlgani haqida aniq maʼlumotlar yoʻq, ammo 21-asrning boshlarida mashhurlikka erishgan va tez orada Ukrainada ommaviy madaniyat elementiga aylangan[4]. „Shokoladdagi salo“ shirinligi chakana savdoda kamdan-kam uchraydi. U bilan bir xil nomga ega boʻlgan shokolad batonchalarida choʻchqa yogʻi oʻrniga qaymoq va murabbo ishlatiladi. Choʻchqa yogʻi va shokoladdan tayyorlanuvchi asl shirinliklar Ukrainada va xorijda, xususan Lvov[5], Kiev, Samara[6] shaharlarida Ukraina milliy oshxonasi muassasalarida tayyorlanadi. Ukrainaga kelgan sayyohlar orasida „Shokoladdagi salo“ga boʻlgan talab katta[7]. „Shokoladdagi salo“ shirinligi Fransiyada oʻtkazilgan Ukraina kunlarida ham taqdim etilgan. Shirinliklar, shuningdek, Lvov shahrida joylashgan dunyodagi yagona salo muzeyida koʻrgazmaga qoʻyilgan[8][9].

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shirinlikni tayyorlash uchun klassik retseptda qora shokolad, oddiy yoki dudlangan choʻchqa yogʻi va sariyogʻdan foydalaniladi. Shuningdek, baʼzida yegulikka yoqimli hid va taʼm berish uchun ziravorlar: zanjabil, kardamon, chili qalampiri, qora murch, muskat yongʻogʻi qoʻshiladi.

Salo ingichka toʻrtburchak shaklida kesiladi. Shokolad sariyogʻ va ziravorlar bilan aralashtiriladi. Hosil boʻlgan aralashma qoliplarning yarmigacha solinadi, ustidan salo joylashtirilib, qolip aralashma bilan toʻldiriladi. Qoliplar muzlatgichga joylashtiriladi. 2-24 soatdan keyin shirinlik tayyor boʻladi[5].

Oʻxshash taomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shokoladdagi bekon (AQSh) — qovurilgan bekonni shokolad qatlami bilan qoplab tayyorlanadigan yegulik.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Pork choc on the menu in Ukraine“ (en) (2004-yil 21-iyun). Qaraldi: 2018-yil 12-mart.
  2. „Сало в шоколаде необычное и вкусное“ (ruscha). AllChoco.com - мы знаем все о шоколаде! (13-mart 2014-yil). Qaraldi: 12-mart 2018-yil.
  3. „6 страв, за якими іноземці впізнають українську кухню Рідний Київ“ (ukraincha). kyiv.ridna.ua. Qaraldi: 12-mart 2018-yil.
  4. „5 рецептов для сала в шоколаде“ (ruscha). Шоколад Тудей (23-may 2017-yil). Qaraldi: 12-mart 2018-yil.
  5. 5,0 5,1 „Попробовал сало в шоколаде“. 2018-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-mart.
  6. „Закажите сало в шоколаде! / Самара и губерния — областной журнал“. www.sgubern.ru. Qaraldi: 12-mart 2018-yil.
  7. „Сало в шоколаде – Окружающий мир“ (inglizcha). infmir.ru. 2018-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-mart 2018-yil.
  8. „Салом в шоколаде угощают в единственном в мире Музее сала во Львове“ (ruscha). delo.ua. Qaraldi: 12-mart 2018-yil.
  9. Львова, Наталия Зверко из. „Сало во Львове — дело в шоколаде“. DELFI. Qaraldi: 2018-yil 12-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]