Shodiya Toʻxtayeva
Shodiya Toʻxtayeva — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan aktrisa.
Biografiya va Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abdukadirova Shodiya Dilshatovna 1983-yilda Toshkentda tugʻilgan.Oʻzbekistonning teatr hamda kino aktrisasi.2014-yil „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻsatgan artist“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.Milliy teatrda 2007-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Sh.Toʻxtaeva jamoat ishlarida ham faol qatnashib, oldiga qoʻyilgan har bir vazifaga jiddiy yondashadi. U kelajagi porloq, isteʼdodli va serqirra aktyorlardan biri. 2012-yil „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni bilan tadirlangan. U respublikamiz miqyosida keng nishonlanib kelinayotgan Mustaqillik va Navroʻz umumxal bayramlari va bosha koʻplab madaniy tadbirlarda boshlovchi va aktyor sifatida faol ishtirok etib kelmoqda.
Rollar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Film nomi | Rol oʻynagan yili |
---|---|
Nazira | 2017 |
Mehmonxona | 2015 |
Tutash taqdirlar | 2013 |
Soy qoʻshigʻi | 2013 |
Tubanlik | 2012 |
Zirapcha | 2012 |
Hay hay qizaloq | 2012 |
Dilor,Dilor Dil va Or | 2012 |
Fidoiylar | 2011 |
Yorim-bezorim | 2011 |
Uqubat | 2009 |
Oʻyin | 2008 |
Vijdon | 2007 |
Chashma | 2006 |
Kelgindi kuyov | 2005 |
- ↑ „Shodiya To'xtayeva“. savol-javob.com. 25-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyun 2022-yil.
- ↑ „Shodiya To'xtayeva“. https://www.kino-teatr.ru/. Qaraldi: 25-iyun 2022-yil.