Shlam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shlam (nem. 8sp1att — loy) — togʻ jinslarini maydalaganda, burgʻilashda hosil boʻladigan suyuqlikka toʻyingan kukunsimon mahsulot. Zarrachalar oʻlchami 0,25 mm dan yirik boʻlmaydi. Sh. hosil boʻlish sharoitiga qarab bir necha turga boʻlinadi: 1) mis, rux va boshqalar metallar elektroliz qilinayotganda choʻkadigan kukunsimon mahsulot; odatda tarkibida asl metallar boʻladi; 2) bugʻ qozonlaridagi loy, gil va qattiq boʻlaklar holidagi (suvda erimaydigan) choʻkindilar. shahrini koʻchirish uchun vaqtvaqti bilan qozon havo yuborish yoʻli bilan tozalanadi; 3) toshkoʻmir yoki rudani nam bilan boyitishda hosil boʻladigan loysimon choʻkindi; 4) uzoq vaqt turib qolgan yoki filtratsiya qilingan suyuqlik tubiga choʻkkan qattiq mayda zarralar.