Shifokorlar shaharchasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shifokorlar shaharchasi
Mamlakat O`zbekiston
Tuman Olmazor

Shifokorlar shaharchasi — Toshkent shaharning shimoliy-gʻarbida, Olmazor tumani hududida joylashgan. Katta halqa yoʻli, Qoraqamish kanali, O.Xoʻjaev, Shifokorlar va Farobiy koʻchasilari oraligʻida. Beltepa, Olimpiya mavzelari, Beruniy va „Chig`atoy“ „Oqtepa“ mahallalari hamda Zangiota tumani bilan chegaradosh. Ilgari Toshkent viloyati Zangiota tu­maniga qarashli jamoa xoʻjali­gi yeri boʻlgan. Shifokorlar shaharchasini loyixalash ishlari 1969-yildan, qurilish ishlari 1970-yildan boshlan­gan. 1976-yil shaharchaning asosini tashkil etadigan Toshkent Tibbiyot Institutining yangi oʻquv korpusi ochilgan. Shaharchada Tibbi­yot Akademiyasining klinikalari, turli ilmiy muzeylar, tugʻruqxo­nalar, tibbiyot kolleji va litseyi, talabalar yotoqxonasi, koʻp qavatli turar joy binolari, savdo va umumiy ovqatlanish mas­kanlari, „Qoraqamish“ dehqon bozorining „Shifokorlar“ shaxobchasi, aholiga madaniy xizmat koʻrsatish maskanlari, turli servis xizmatlari, poli­klinika, dorixona, maktab va bogʻchalar joylashgan. Shahar­ning boshqa hududlari bilan bogʻlovchi keng jamoat transport vositalari xarakati qoʻyilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.