Oʻzbekiston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

(O`zbekistondan yoʻnaltirildi)
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Oʻzbekiston Respublikasi
Ўзбекистон Республикаси
Oʻzbekiston Davlat Bayrog`i   Oʻzbekiston Davlat Gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Yoʻq
Madhiya: Serquyosh, hur oʻlkam...
Oʻzbekiston Xaritasi
Poytaxt Toshkent
Rasmiy til(lar) Oʻzbek
Hukumat Prezidentlik Respublika
 •  Prezident   Islom Karimov
 •  Bosh Vazir   Shavkat Mirziyoyev
Mustaqillik     Sovet Ittifogʻidan
 •  Paydo boʻlgan     1370, Moveraunnahrday
 •  E'lon qilingan     1 sentabr 1991
 •  Tan olingan     8 dekabr 1991
Maydon  
 • Butun 447,400 km² (56-)
 • Suv (%) 4.9
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 26,851,195 (42- oʻrin)
 • Zichlik 60/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$53,010 mil. (75-)
 • Per capita AQSh$1,974
Pul birligi Oʻzbek Soʻm (UZS)
Vaqt Mintaqasi (UTC+5)
 • Yoz (DST) (UTC+6)
Qisqartma UZ
Internet domeyn .uz
Telefon prefiksi +998
Portal Vikipediyada Oʻzbekiston portali bor.

Oʻzbekiston (rasman: Oʻzbekiston Respublikasi) Markaziy Osiyoda joylashgan mamlakatdir.

Oʻzbekistonning poytaxti — Toshkent shahri. Davlat tili — Oʻzbek tili. Maydoni — 448,9 ming km2. Aholi soni (2009) — 27,555,440. Pul birligi — soʻm.

Oʻzbekiston 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat.

Mundarija

[tahrir] Tarixi

Assosiy maqola: O'zbekiston tarixi

[tahrir] Geografiya

Oʻzbekistonning umumiy chegarasi 6,621kmga, gʻarbiy chekkasidan sharqigacha 1,425 kmga, shimolidan janubigacha esa 925 kmga choʻzilgan. U gʻarbdan va shimoldan Qozogʻiston bilan, sharqdan Qirgʻiziston va Tojikiston bilan, janubdan esa Turkmaniston va Afgʻoniston bilan chegaradosh.

[tahrir] Demografiyasi

Asosiy maqola: Oʻzbekiston demografiyasi.

Oʻzbekiston aholisi 28.000 000ni tashkil qiladi. Aholining aksari qismi(80 %dan köprogʻi — 22mln.kishi) özbeklardan iborat. Ayniqsa Farg'ona vodiysi, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari aholisida oʻzbeklar hissasi juda katta. Har biri 1 mlndan oshiqroq Ruslar, Qozoqlar, Tojiklar; 0,5 mlnlik Tatarlar, Qirg'izlar, Qoraqalpoqlardan tashqari forslar(200 ming), koreyslar(200 ming), ukrainlar(150 ming), türkmanlar(150 ming), ermanilar(100 ming), arablar va loʻlilar (50 ming) va boshqalar.

Oʻzbekiston respublikasining aholisi 27 million 555, mingdan koʻproqdir (2009-yil 1-chorak), ularning 36 % shaharda va 64 % — qishloqda istiqomat qilishadi.

Aholining asosiy qismi — oʻzbeklar boʻlib, ular aholining 80 %ni tashkil qiladi. Oʻzbekiston koʻp millatli respublika boʻlib, 100 dan ortiq millat va elatlarning vakillari istiqomat qiladi.

Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar singari Oʻzbekiston Respublikasining ham aholisi nisbatan «yosh» boʻlib, uning katta qismi mehnatga layoqatli yoshdadir. Aholi umumiy miqdorining 39 %ini mehnatga layoqatli davrgacha boʻlgan yoshlar, 54 %i mehnatga layoqatli va 7 % mehnatga layoqatli davrdan katta yoshlilar tashkil etadi.[1]

[tahrir] Madaniyat

[tahrir] Din

Aholining koʻpchilik qismi islom dinining hanafiya mazhabidagi musulmonlardir. Yana mamlakatda pravoslav nasroniylar, qisman katoliklar, yahudiylar va baptistlar, Iegova shohidlari kabi mayda nasroniy guruhlar aʼzolari ham yashaydi.

[tahrir] Iqitisod

[tahrir] Taʼlim

[tahrir] Davlat va Siyosat

[tahrir] Xalqaro Munosabatlar

Oʻzbekiston 37 ta xalqaro tashkilotlar aʼzosi [1]. Quyidagi tashkilotlar Oʻzbekistonda oʻz vakolathonalariga ega:

  • BMT
  • Narkotiklar nazorati va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha BMT dasturining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonas
  • BMTning milliyxalqlar Fondi
  • Qochoqlar boʻyicha BMTning Oliy Komissariat boshqarmasi
  • BMTning bolalar fondi vakolatxonasi — UNICEF
  • BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha vakolatxonasi
  • Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining vakolatxonasi JSST/WHO
  • Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti- EXHT /ОSCЕ
  • Xalqaro qizil xoch qoʻmitasining vakolatxonasi — ICRC
  • Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy jamiyatlari fyedyeratsiyasining vakolatxonasi — Red Cross

Xalqaro moliyaviy tashkilotlar:

[tahrir] Viloyatlar

Oʻzbekiston 12 ta viloyat (Sirdaryo, Navoiy, Jizzax, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona, Toshkent) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi dan iborat.

[tahrir] Tabiiy resurslar

O‘zbekiston Respublikasida juda katta ishlab chiqarish va mineral xom-ashyo boyligi, noyob qishloq xo‘jaligi xom-ashyosi, qayta ishlash jarayonida olinadigan juda katta yarim fabrikatlar, boy tabiy resurslar, ravnaq topgan infratuzilma bor.

Foydali qazilmalar razvedkasining zamonaviy darajasi juda boy nodir, rangli va noyob metall konlarini, organik yonilg‘ining barcha turlari — neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, qo‘ng’ir va yarim kokslanadigan ko‘mir, yonuvchi slaneslar, uran, qurilish materiallari uchun xom ashyoning ko‘p turlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liqdir.

O’zbekiston hududida 100 xildan ortiq mineral xom ashyolarning keng tarmogʻi aniqlangan boʻlib, hozir ularning 60 dan ortigʻi xalq xoʻjaligining tarmoqlarida ishlatilmoqda.

Oltin, uran, mis, tabiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforit, kaolin singari foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralariga koʻra O‘zbekiston MDH emas, butun jahonda yetakchi oʻrinni egallaydi.

Masalan, oltin zahiralari boʻyicha respublika jahonda toʻrtinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha yettinchi oʻrinda, mis zahiralar boʻyicha 10-11 oʻrinda, uran boʻyicha yettinchi-sakkizinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha 11-12 oʻrinda turibdi.

Mavjud boʻlgan mineral xom-ashyo zahiralarining aksariyati hozir ishlab turgan kon qazish komplyekslarini istiqboldagi uzoq muddat mobaynida xom-ashyo bilan taʼminlaydi, ayni vaqtda, oltin, uran mis, qoʻrgʻoshin, kumush, litiy, fosforitlar, kaliy tuzlari, dala shpati, vollastonit, agrokimyo maʼdanlari va shu kabi juda muhim foydali qazilmalarni qazib olishni tashkil etish, quvvatlarni koʻpaytirishga imkon beradi.

[tahrir] Manbalar

[tahrir] Qoʻshimcha Maʼlumotlar

Commons-logo.svg
VikiOmborda
Oʻzbekistonga oid maqola bor


Koʻrinishlar<!--Views-->
Shaxsiy uskunalar
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
Boshqa tillarda