Shibliy ota maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shibliy ota maqbarasi
Shibliy ata maqbarasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Meʼmoriy yodgorlik
Turi Maqbara
Manzili Xalqobod elati „Jalpaq jap“ va „Qumshungil“ ovul fuqorolar yigʻini
Shahar Kegeyli tumani
Mamlakat Qoraqalpogʻiston
Koordinatalar 42°41′40″N 59°47′16″E / 42.694471°N 59.787843°E / 42.694471; 59.787843 G OKoordinatalari: 42°41′40″N 59°47′16″E / 42.694471°N 59.787843°E / 42.694471; 59.787843 G O
Qurilishi boshlangan XXIV asr
Qurilishi tugagan XX asr
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Map
Shibliy ota maqbarasi xaritada

Shibliy ota maqbarasi (yoki Shibliy ata maqbarasi) — hozirgi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumani, Xalqobod elatida „Jalpaq jap“ va „Qumshungil“ ovul fuqorolar yigʻini hududida joylashgan maqbara. Maqbara milodiy 945-yili 87 yoshida vafot etgan mashhur ulamo Shayx Shibliy sharafiga bunyod etilgan boʻlib, obyekt davri XXIV, XVIIIXIX, XX asrlarni oʻz ichiga oladi.

Shibliy ota maqbarasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishli va „Vaqf“ xayriya jamoat fondiga tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan[2].

Shayx Shibliy shaxsi va maqbarasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixiy manbalarda keltirilgan malumotlarga koʻra, Abu Bakr ash-Shibiliy milodiy 858-yili tugʻilgan. Shayxning tugʻilgan joyi toʻgʻrisida malumotlar mavjud emas. Sharqshunos olimlarning taʼkidlashicha, Shayx Shibiliy 912-yili Bagʻdod shahridagi taniqli uch shayxdan biri ekani, shuningdek, otasi bilan birga Bagʻdod xalifasi saroyida xizmat qilgan taniqli olim sifatida tilga olingan. Mansur Xalloj 922-yilda „Ana al-Haq“ (yaʼni Men Xudoman) deganligi sababli Bagʻdod xalifasi boʻlgan Al Muqtadir tomonidan oʻlim jazosiga hukm qilinadi. Uning tarafdorlari boʻlgan koʻpchilik ulamo va muridlar „Biz uning nima deyayotganini tushunmadik“ deb, Mansur Xallojning oʻldirilishiga rozilik berishmagan. Qarshiliklarga qaramay xalifa farmoni bilan Mansur Xalloj dorga osilgan va uning tarafdorlari quvgʻinga uchragan. Bu paytda Shayx Shibliy ham gumon ostiga olinganlar qatorida Bagʻdoddan ketishga majbur boʻlgan[3].

Boshqa manbalarga koʻra Shibliy sufizm taʼlimotini yoyish maqsadi bilan savdo yoʻli orqali X asrning birinchi yarmida Janubiy orol boʻylariga keladi. Taxminlarga koʻra bu vaqtda Shayx Shibliy 60 yoshlarda boʻlgan va bugungi Qoraqolpogʻiston hududlariga kelib, mahalliy aholiga xizmat qilgan va ular orasida obroʻ qozongan. Shayx Shibliy 945-yili 87 yoshida hozirgi Kegeyli tumani hududida vafot etgan va shu yerga dafn qilingan[4].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vayangan bobo maqbarasi

Poyanda maqbarasi

Yusuf Hamadoniy maqbarasi

Shamun-Nabi maqbarasi

Tugʻon Turk maqbarasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]